Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahrida 2 ta kichik sanoat zonasi faoliyat ko‘rsatmoqda

 2020-08-28 14:09:25    1028

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning tashabbuslari bilan yangi raqobatbardosh ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarning rivojlantirilishi davlat tomonidan uzluksiz qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritish sharoitlarini sifat jihatidan yaxshilash va mahsulotlarni sotishga ko‘maklashish, investisiyalar jalb qilinishini faollashtirish, avvalambor, foydalanilmayotgan, faoliyat yuritmayotgan ishlab chiqarish maydonlari negizida tashkil qilinayotgan importbop mahsulotlarni chiqarish bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarning joriy etilishini jadallashtirish, ushbu asosda yangi turg‘un ish joylari tashkil etilishi maqsad qilingan.

Bugungi kunda shaharda 2 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilgan. Ushbu kichik sanoat zonalarida umumiy qiymati 314,4 mlrd.so‘mga teng bo‘lgan 46 ta loyihalar amalga oshirilishi hisobiga 2,6 ming ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Bugungacha umumiy qiymati 50,3 mlrd. so‘mlik investisiyalar jalb qilinib, 6 ta loyiha ishga tushirildi va 312 ta ish o‘rinlari yaratildi.

Faoliyati yo‘lga qo‘yilgan korxonalar tomonidan

32,0 mlrd.so‘mlik, shu jumladan 8.0 mlrd. so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Ushbu yo‘nalishlarda yil yakuniga qadar bir qator ijobiy natijalarga erishish kutilmoqda.

Tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha

143,9 mlrd. so‘m mablag‘lari hisobiga kasanachilik yo‘nalishida 6 ta yangi loyihalar amalga oshiriladi va shu orqali 1108 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Jumladan, kooperatsiya tamoyili asosida umumiy qiymati 80,5 mlrd. so‘m bo‘lgan 2 ta yirik loyihalar ishlab chiqildi. Ularni amalga oshirish natijasida 700 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Yirik korxonalar tomonidan kooperatsiyalar tashkil etish bo‘yicha umumiy qiymati 80,5 mlrd.so‘mlik, qolgan 4 ta kichik loyihalarni amalga oshirish natijasida 408 ta ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Hududiy dasturga muvofiq 2020 yil yakuniga qadar umumiy qiymati 1,7 trln.so‘mlik 69 ta loyihalar amalga oshiriladi va ular hisobiga 2301 ta ish o‘rinlari yaratiladi.

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati sohasining eksport salohiyati joriy yilgi 7,0 mln dollardan keyingi yilda 10,0 mln dollargacha yetkaziladi.

Joriy yil 2-yarim yilligida 17,6 mln.dollarlik sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti amalga oshiriladi.