Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tirik va o‘lik tillar
2020-08-05 17:49:46 1229
Ma'lumki hozirgi davrda dunyo bo‘yicha 13000 (o‘n uch ming)dan ziyod til bor. Bularni har birining o‘z tarixi, taqdiri, jamiyat hayotida tutgan o‘rni, nufuzi bor, albatta. Dunyodagi tillarning barchasi ijtimoiy mohiyati, yozuvga ega yoki ega emasligi, unda gaplashuvchilarning umumiy miqdori kabi belgilari bilan o‘zaro farqlanadi. Ular til sifatida mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, ayrimlari “o‘lik til” (tabiiy so‘zlashuvda bo‘lmaydi, faqat yozma usulda yoki yozma yodgorliklarda saqlanadi) hisoblanadi. Masalan, sanskrit tili o‘lik tildir, ya'ni, yozuvda mavjud bo‘lgan, muomalada mavjud emas. Lotin tili tibbiyot sohasida dori-darmonlarning nomlanishida qo‘llaniladi, so‘zlashuvda esa yo‘q. Har ikki tilga “o‘lik til” sifatining berilishiga asosiy sabab muomalaga yaroqsizligidir. Biroq dunyo tillari orasida o‘zbek tili o‘z yozuviga ega ekanligi, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi o‘zbek millatini dunyoning har yerida uchratish mumkinligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu esa har bir o‘zbekni o‘z tilida g‘ururlanib yashashiga undaydi. Men o‘z (ona) tilim bilan faxrlanaman.
F.Mamajonov,
Farg‘ona shahar hokimining maslahatchisi