Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Ehtiyojmand oilalarga e'tibor ko‘rsatilmoqda

 2020-08-01 17:44:00    1006

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning topshirig‘iga binoan Farg‘ona shahridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Bu ezgu ishlar ayniqsa, muborak bayram Qurbon hayiti munosabati bilan viloyatning barcha hududlari bo‘ylab, keng quloch yoydi.

Shahar hokimi Hamidjon Habibiddinov, shahar prokurori Adhamjon Mamataliev va boshqa sektor rahbarlari ishtirokida “Temir daftar”ga kiritilgan 3157 ta oilaga bir million so‘mdan naqd pul tarqatildi. Bundan tashqari shahardagi ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

– Prezidentimizga ming rahmat, – deydi D.Mahmudova. – Doimo bizdek oilalarga qo‘ldan kelgancha yordam berishyapti. Kecha viloyat hokimligi vakillari dori-darmonlar jamlanmasini olib keldi. Bugungi mana bu ko‘mak ham bizni juda xursand qildi.

Og‘ir kunlarda insonga dalda bo‘lish, ozgina e'tibor ko‘rsatishdan ezgu amal yo‘q aslida. Qurbon hayiti kunlarida mamlakatimizdagi ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan e'tibor barchani mamnun etmoqda.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati hokimining topshirig‘i bilan bugun Farg‘ona shahridagi 870 ta oilaga 21 turdagi virusga qarshi, immunitetni oshiruvchi va birlamchi dori-darmonlar va tibbiy buyumlar tarqatildi.

Xonadaonlarda shunday oila vakillari bilan xalq deputatlari Farg‘ona shahar kengashi deputatlari suhbatda bo‘lib, dori-darmon to‘plamini yetkazib berishdi.

– Bunday xayrli ishda ishtirok etganimdan mamnunman, – deydi shahar Kengashi deputati, 2-son oilaviy poliklinika mudiri Sh.Siddiqova. – Xonadonlarda fuqarolar bilan yuzma-yuz gaplashib, darhaqiqat bunday yordam o‘z vaqtida amalga oshirilayotganini tushundim.