Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi
2020-06-01 10:45:25 1171
Farg‘ona shahrida tashkil etilgan Koreya xalqaro universiteti uchun yangi bino qurib bitkazildi. Shu kunlarda ushbu binoning atrof hududi, maydoni obodonlashtirilib, ko‘rkam holga keltirilmoqda.
Ijtimoiy tarmoq sahifalarida ushbu holat yuzasidan noxolis xabar tarqatilib, odamlarda turli fikrlar keltirib chiqarishga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston hamda Koreya Respublikasi davlat rahbarlarining o‘zaro kelishuviga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 avgustdagi “Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq universitet o‘z faoliyatini boshlagan.
Bugungi kunda ushbu universitet uchun maxsus bino qurib bitkazildi va atrof hududi obodonlashtirilmoqda. Shaharning boshqa hududlarida esa tasdiqlangan dasturlar asosida bunyodkorlik ishlari davom ettiriladi.