Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi

 2020-05-21 16:01:39    1163

PDF yuklash
Chop etish


Farg‘ona shahar Ibn Sino nomli mahalla fuqarolar yig‘ini Yangi asr ko‘chasi 170-uy 21-xonadonida ro‘yxatdan o‘tmagan holda yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro R.Zohidovaning ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan murojaati bo‘yicha o‘rganilganda, quyidagilar ma'lum bo‘ldi.

Fuqaro R. Zohidova Ibn Sino mahalla fuqarolar yig‘iniga bir marta ham yozma yoki og‘zaki ravishda 14 yoshgacha nafaqa puli so‘rab murojaat qilmagan. Unga MFY tomonidan nafaqa puli berilishi uchun Ibn Sino nomli MFY raisi nomiga oyning 15 sanasiga qadar yozma ravishda ariza va kerakli hujjatlar taqdim etgandan so‘ng Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-son qarori bo‘yicha nafaqa tayinlash komissiyasi tomonidan  o‘rganib chiqilishi tushuntirildi.

Uy-joy masalasi tegishincha o‘rganib chiqilmoqda.

R.Zohidovaga “Saxovat va ko‘mak” xayriya fondi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlangan.