Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
FARG’ONADA KASALLIKDAN SHIFO TOPGANLAR SONI 84 NAFARGA YETDI
2020-05-04 18:49:42 1171
Bugun Farg’onada koronavirusga chalingan navbatdagi 8 nafar bemor to’liq sog’aydi. Ular viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi mas'ullari ishtirokida Farg’ona tumani Chimyon qishlog’ida joylashgan “Nurafshon” sanatoriyasiga reablitatsiyaga kuzatildi.
Sog’aygan bemorlarning 7 nafari Turkiyadan, 1 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan fuqarolardir. Ularning 4 nafari Farg’ona viloyati va Toshkent shahridan, qolganlari esa Samarqand, Buxoro, Andijon va Namangan viloyatlaridandir.
- Farg’ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida bemorlarga barcha sharoitlar yaratilgan. Biz davolanish jarayonida biror-bir qiyinchilikka uchramadik, - deydi Buxoro viloyatidan bo’lgan 61 yoshli onaxon. - Shunday mehribon Yurtboshimiz, g’amxo’r davlatimiz borligidan behad mamnunmiz.
Eslatib o’tamiz, Farg’ona viloyatida jami 84 nafar bemorlar koronavirus kasalligidan butkul sog’aydi.
Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati