Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘onada oziq-ovqat mahsulotlari taqchil yoki qimmat bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi

 2020-03-30 20:51:55    1152

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg‘ona shahrida barcha ulgurji va chakana dehqon bozorlari, oziq-ovqat savdosi bilan shug‘ullanuvchi supermarket va do‘konlar aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.


Karantin paytida ham ularning faoliyatiga hech qanday cheklovlar joriy qilinmagan. Mazkur savdo nuqtalaridan foydalanuvchi aholi vakillaridan o‘zaro masofa saqlagan holda o‘zlarini ehtiyot qilib xarid qilishlari iltimos qilinmoqda.

Farg‘ona shahri bozorlari uchun shahar hududi va atrof tumanlarda oziq-ovqat yetkazib berish uchun yuzdan ziyod korxona ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda ushbu korxonalar aholimizga sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bilan o‘z vaqtida cheklovlarsiz ishlamoqda.

Аyniqsa, karantin boshlangan davrdan buyon aholining asosiy isteʼmol mahsulotlaridan hisoblangan – un, yog‘, kartoshka, sabzi, piyoz, makaron, guruch, go‘sht kabi mahsulotlar har doimgidan arzon narxda savdoga chiqarilgan. Ushbu holat Farg‘ona shahar hokimligi, prokuratura, soliq va ichki ishlar organlari tomonidan qatʼiy nazoratga olingan. Karantin vaqtida asossiz va mo‘may daromad ilinjida harakat qilayotgan “tadbirkor”larning noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasliklari uchun kundalik o‘rganishlar olib borilyapti.

Keyingi vaqtlarda ko‘plab bozorlarda, shu jumladan, Farg‘ona shahridagi dehqon bozorida ham kartoshka narxining oshib ketganligi to‘g‘risida har xil noto‘g‘ri va bir tomonlama xabarlar tarqatilmoqda. Аholi o‘rtasida vahimaga sabab bo‘luvchi bunday noxolis fikrlar urchishiga sababchi bo‘layotgan korchallon fuqarolarning ushbu xatti-harakatlariga albatta, huquqiy baho beriladi.

29 mart kuni shahar bozorlariga 70 tonna kartoshka keltirilgan bo‘lsa, 31 mart kuni yana 100 tonna olib kelish rejalashtirilgan. Shunday ekan, fuqarolarimizdan shuni iltimos qilamizki, har xil gap-so‘zlar ortidan quvmasdan, sabr-toqat bilan karantin davrini o‘z xonadonlarimizda o‘tkazaylik va butun dunyoga xavf solayotgan infektsiyaning yurtimizda keng quloch yoyishiga sababchi bo‘lib qolmaylik.

Farg‘ona shahar dehqon bozorlarida asosiy isteʼmol mahsulotlarini uygacha yetkazib berish xizmatlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari davrida bemalol ushbu xizmatlardan foydalansak, o‘zimiz uchun foydadan xoli bo‘lmaydi.

Shunday ekan, oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlaydi yoki taqchillik bo‘lishi mumkin, degan xavotirga aslo o‘rin yo‘q.

O‘zingizni ehtiyot qiling va uyda qoling.