Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN FUQAROLARGA SUBSIDIYA TO‘LASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
2020-03-30 16:52:32 3910
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali daromadi yuqori bo‘lmagan hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan oilalar, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, mamlakatimiz ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yoshlar va shu toifadagi boshqa aholi qatlamlariga ko‘maklashish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda manzillilik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni bilan ayrim shaxslarga, shu jumladan, daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lganlarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga subsidiyalar to‘lanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
uy-joy sotib olishga ipoteka kreditining boshlang‘ich badal va (yoki) foizlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish;
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar tomonidan subsidiya olish uchun ariza berish, ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash;
tuman (shahar)da uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlash bo‘yicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish va ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalarini ko‘rib chiqish;
sotib olinadigan uy-joylarni aniqlash, ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyani hisoblash, ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni to‘lab berish tartibi.
3. Belgilansinki:
Davlat xizmatlari agentligi hududiy bo‘linmalari va yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlash jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar;
tegishli tashkilotlar tomonidan uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni tanlashda foydalaniladigan ma’lumotlar (hujjatlar) istisno tariqasida to‘lovlarsiz amalga oshiriladi;
har yili davlat budjetidan shahar va qishloq joylarida qurilgan ko‘p qavatli uylardan birlamchi bozorda kvartiralar sotib olishda ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foiz xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratiladigan subsidiyalar tegishli moliya yili uchun tasdiqlangan parametrlar doirasida amalga oshiriladi;
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK (keyingi o‘rinlarda — Markaz) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-aprelga qadar:
davlat xizmatlari markazlarini, ariza beruvchining belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholashga mas’ul bo‘lgan tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘limlarini, subsidiya to‘lanadigan talabgor shaxslarni tanlab olish bo‘yicha doimiy ishlaydigan hududiy komissiyaning YIDXPga ulanishini;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatini ko‘rsatish YIDXP orqali joriy etilishini;
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatishning har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etilishini ta’minlasinlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi YIDXPga elektron davlat xizmatini joriy qilish bo‘yicha Reglament bir hafta muddatda Markazga kiritilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 2020-yil 1-iyunga qadar:
talabgorlarning belgilangan ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholashga mas’ul bo‘lgan tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘limlari, subsidiya to‘lanadigan talabgor shaxslarni tanlab olish bo‘yicha doimiy ishlaydigan hududiy komissiyaning “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga ulanishini;
Markaz bilan birgalikda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ulanishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi Markaz bilan birgalikda 2020-yil 1-iyulga qadar uy-joy sotib olish uchun subsidiya to‘lanadigan shaxslarni ballar asosida baholash dasturiy ta’minot (keyingi o‘rinlarda — dasturiy ta’minot) tizimi yaratilishini va YIDXPga integratsiyalashuvini ta’minlasinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi dasturiy ta’minotning operatori etib belgilansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi dasturiy ta’minot tizimi yaratish hamda zarur apparat-dasturiy komplekslar bilan jihozlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni Davlat budjetidan moliyalashtirish chorasini ko‘rsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 25-mart,
182-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qaroriga
ILOVA
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-son Farmoni asosida joriy etilgan bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi (keyingi o‘rinlarda — yangi tartib) doirasida uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari (keyingi o‘rinlarda — Davlat budjeti) hisobiga subsidiya taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini (keyingi o‘rinlarda — fuqarolar), shu jumladan, daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni aniqlash mezonlari, subsidiyalarni hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badal va (yoki) foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida ariza bilan murojaat qiluvchi 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
ballar — uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlash va ularning ijtimoiy ustuvorligini belgilash uchun foydalaniladigan ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholar to‘plami;
boshlang‘ich badal — birlamchi bozordagi uy-joylarni sotib olishda:
shaharlarda — sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 20 foizi miqdoridagi mablag‘lar;
qishloq joylarda — sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 10 foizi miqdoridagi mablag‘lar;
daromadi yuqori bo‘lmagan oila — qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin bo‘lgan o‘rtacha oylik daromadlar miqdori:
qishloq joylarda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining (keyingi o‘rinlarda — MHTEKM) 3,8 dan 5,8 baravarigacha;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan MHTEKMning 4,0 dan 6,5 baravarigacha;
Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 4,5 dan 9,0 baravarigacha bo‘lgan oilalar;
ijtimoiy mezonlar — uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarni aniqlashda qo‘llaniladigan ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan asosiy ko‘rsatkichlar;
ishtirok etuvchi tijorat banklari — fuqarolar tomonidan birlamchi bozorda tanlangan uy-joylarni sotib olishga ipoteka kreditini taqdim etuvchi tijorat banklari;
talabgor — ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish to‘g‘risida ijobiy xabarnomani olgan ariza beruvchi;
subsidiya — ipoteka kreditlari asosida uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich badal va (yoki) kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida davlat budjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar;
boshlang‘ich badal uchun subsidiya — talabgorga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida hamda Toshkent shahrida qurilgan uy-joyni ipoteka krediti asosida sotib olishda boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun uy-joy hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida Davlat budjetidan talabgor nomiga bankda ochilgan tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar;
foiz uchun subsidiya — talabgorga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar shaharlari va Toshkent shahrida (keyingi o‘rinlarda shaharlar deb ataladi) va tuman ma’muriy markazlariga tutash hududlarda (keyingi o‘rinlarda — qishloq joylar) qurilgan uy-joyni sotib olishda ipoteka krediti foizining bir qismini qoplash uchun Davlat budjetidan talabgorning bankda ochilgan tegishli hisobvarag‘iga birinchi 5 yil davomida o‘tkaziladigan mablag‘lar;
uy-joylar — shahar va qishloq joylarda yangi tartibda (shu jumladan, yangi tartib doirasidan tashqari) qurilgan birlamchi bozorda sotiladigan ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar;
uy-joyning hisoblangan qiymati — har yili kelgusi yil uchun birlamchi bozordagi uy-joylarni sotib olishga ajratilishi mumkin bo‘lgan ipoteka kreditlari va Davlat budjetidan boshlang‘ich badalning bir qismini qoplashga ajratiladigan subsidiyaning yuqori miqdorlarini belgilash maqsadida kvartira bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymati hamda ikki va uch xonali kvartiralar maydonining eng kam me’yorlarini inobatga olgan holda aniqlanadigan qiymat;
xabarnoma — tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza beruvchiga yuboriladigan ushbu Nizomga 2 va 2a-ilovalarga muvofiq davlat budjetidan subsidiya berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida komissiyaning QR-kodga ega bo‘lgan qarori;
komissiya — tegishli tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlangan tuman (shahar)da subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish bo‘yicha ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantiriladigan komissiya.
3. Ushbu Nizom doirasida shahar va qishloq joylarda birlamchi bozordagi uy-joylar aholiga bozor shartlari asosida belgilanadigan foiz stavkalarida ipoteka kreditlari asosida sotiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Qurilish vazirligi har yili kelgusi yil uchun kvartira bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha bozor qiymati hamda ikki va uch xonali kvartiralar maydonining eng kam me’yorlarini inobatga olgan holda uy-joyning hisoblangan qiymatini aniqlaydi.
Uy-joyning hisoblangan qiymati quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tijorat banklariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan birlamchi bozordagi uy-joylarni sotib olishga ajratilishi mumkin bo‘lgan ipoteka kreditlarining;
shaharlarda talabgorlar uchun davlat budjetidan boshlang‘ich badalning bir qismini qoplashga ajratiladigan subsidiyaning yuqori miqdorlarini belgilash.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari shahar va qishloq joylarda belgilangan tartibda tasdiqlangan subsidiyalar to‘lashning maqsadli parametrlaridan kelib chiqib, subsidiyalarni tuman (shahar)lar bo‘yicha qurilgan uy-joylar soniga mutanosib ravishda taqsimlash va zarur hollarda qayta taqsimlash bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Subsidiyalar subsidiya to‘lashning maqsadli parametrlarida belgilangan hududdagi qurilgan uy-joylar uchun yo‘naltiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qurilish vazirligi tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda shahar va qishloq joylarda qurilishi rejalashtirilayotgan uy-joylar soni, uy-joy olish istagida bo‘lganlarning ariza bilan murojaat qilishining boshlang‘ich va yakuniy muddatlari, subsidiya to‘lanadigan fuqarolarni tanlab olish mezonlari, subsidiya soni va umumiy hajmi hamda berish tartibi va shartlarini ko‘rsatgan holda internet tarmoqlari va ommaviy axborot vositalari orqali belgilangan muddatda e’lon beradi.
7. Ariza beruvchi taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar asosida ijtimoiy mezonlarga mos kelishini aniqlash va baholash quyidagi mas’ul tashkilotlarning tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — mas’ul tashkilotlar) tomonidan amalga oshiriladi:
tibbiyot birlashmasi;
ichki ishlar bo‘limi (boshqarmasi);
moliya bo‘limi;
davlat soliq inspeksiyasi;
aholi bandligiga ko‘maklashish markazi;
yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi;
tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi;
tuman (shahar) hokimligi;
ishtirok etuvchi tijorat banklari.
8. Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza berish tartibi
9. Shahar va qishloq joylarda qurilgan birlamchi bozordagi uy-joylarni sotib olishga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlash komissiya va mas’ul tashkilotlar tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
10. Ariza beruvchi ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP)da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
O‘zi kelib murojaat etganda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun anketa-arizani elektron tarzda to‘ldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi yoki ma’lumotlarni taqdim etadi:
a) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari;
b) oila a’zolarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami ma’lumotlari va nikoh qayd etilganligi guvohnomasi (to‘liq oila va nikoh hamda voyaga yetgan farzandlar mavjud bo‘lgan taqdirda) va (yoki) farzandlar tug‘ilganligi haqidagi guvohnomalar (voyaga yetmagan farzandlar mavjud bo‘lgan taqdirda) nusxalari;
v) belgilangan tartibda nikoh bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki nikoh haqiqiy emas deb tan olinganligi to‘g‘risida sud qarori (nikoh qayd etilgan holatda) yoki oilaviy holati to‘g‘risida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari arxividan ma’lumotnoma nusxasi (nikoh qayd etilmagan holatda);
g) doimiy propiska joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma’lumotlar (agar turar joyi doimiy propiska joyi bilan to‘g‘ri kelsa);
d) doimiy propiska joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo‘yicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy propiska joyi bilan to‘g‘ri kelsa);
e) Ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchilarning daromadi va ushlab qolingan daromad soliqlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (qo‘shimcha daromadlar bo‘lsa soliq deklaratsiyasi).
Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Mehnat migrantlari nomidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish to‘g‘risidagi arizani uning oila a’zolari berishi mumkin.
Davlat xizmatlari markazi va YIDXP orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ariza beruvchilarga to‘lovlarsiz amalga oshiriladi.
11. Ariza beruvchi tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun ariza berish muddati yilning 1-martidan 1-oktabrgacha etib belgilanadi. Ushbu muddat tugagandan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
12. Ariza beruvchi tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali taqdim etiladigan hujjatlar va ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javob beradi.
13. YIDXP orqali murojaat etilgan taqdirda ariza beruvchi anketa-arizaga asosan zarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zi kiritadi.
3-bob. Mas’ul tashkilotlar tomonidan ariza beruvchini ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash tartibi
14. Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdan boshlab bir soat mobaynida uni ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan mas’ul tashkilotlarga elektron tarzda yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnoma avtomatik tarzda ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan mas’ul tashkilotlarga yuboriladi.
15. Davlat xizmatlari markazlari, komissiya hamda mas’ul tashkilotlar o‘rtasida axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda — ERI) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo o‘zaro elektron bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Mas’ul tashkilotlar o‘n ish kunida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini u tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida o‘rganib chiqib, YIDXPga onlayn elektron shaklda quyidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi:
tibbiyot birlashmasi — ariza beruvchining oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslar, birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning, yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallika chalingan bolani parvarishlayotgan ayollarning mavjudligi;
ichki ishlar bo‘limi (boshqarma) — ariza beruvchini boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) yashashi;
moliya bo‘limi — taqdim etiladigan subsidiyalarning miqdori bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning mavjudligi;
davlat soliq inspeksiyasi — soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, turar joyda ijara shartlari asosida yashashi va ariza beruvchining daromadlari;
aholi bandligiga ko‘maklashish markazi — ariza beruvchining kam ta’minlanganligi, “Mehnat — migratsiya” dasturida ro‘yxatdan o‘tganligi hamda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi (oshirganligi);
tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi — ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘i va farzandlarida mulk huquqi bilan turar joyning bor-yo‘qligi, yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi, uy-joy umumiy maydonining bir shaxs uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy normaga muvofiq emasligi;
tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari — ariza beruvchining og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashgan muhtoj onalar — toifasiga mansubligi;
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi — ariza beruvchining alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligi;
tuman (shahar) hokimligi — ariza beruvchining yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar toifasiga mansubligi;
ishtirok etuvchi tijorat banklari — ariza beruvchi fuqaro (birgalikda qarz oluvchi)ning ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha to‘lov qobiliyati, unga ajratilishi mumkin bo‘lgan ipoteka krediti va sotib olishi mumkin bo‘lgan uy-joyning yuqori qiymati, kredit tashkilotlaridan avvalgi olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarining mavjud emasligi.
16. Agar ariza beruvchining o‘rtacha oylik daromadlari miqdori ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan me’yorlardan kam bo‘lsa, uning daromadlari hisob-kitobiga xotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining (shu jumladan, asrab olingan farzandlari) daromadlari ham kiritilishi mumkin.
17. YIDXPda mas’ul tashkilotlar o‘rganib chiqish natijalariga ko‘ra kiritilgan ma’lumotlar asosida ariza beruvchining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligi avtomatlashtirilgan tarzda ballar ko‘rinishida baholanadi.
18. YIDXPda mas’ul tashkilotlarning baholash natijalari komissiyaga ariza beruvchi ishtirokida muhokama etish uchun yuboriladi.
4-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
19. Komissiya a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydilar.
20. Komissiya uning vakolatlariga tegishli masalalarni Komissiya raisi boshchiligida o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqadi.
21. Komissiya raisi:
Komissiyaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
komissiyaning yig‘ilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
komissiya vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalarni uning yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
komissiya qarorlarini tasdiqlaydi.
22. Komissiya kotibi:
komissiya raisining topshiriqlariga asosan komissiya a’zolarini komissiya yig‘ilishining o‘tkaziladigan joyi, vaqti va sanasi to‘g‘risida xabardor qiladi;
komissiya ish rejalarini tayyorlaydi;
komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya a’zolariga yuboradi;
komissiya dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi;
komissiya ish yurituvini amalga oshiradi.
23. Komissiyaning barcha yig‘ilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qaror shaklida qabul qilinadi.
24. Komissiya ishining tashkiliy shakli yig‘ilish hisoblanadi. Komissiya majlislari komissiya a’zolari ro‘yxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda o‘tkaziladi. Bunda, tuman (shahar) moliya, soliq idoralarining va ishtirok etuvchi tijorat banklarining vakillari bir vaqtning o‘zida komissiya yig‘ilishida ishtirok etishi shart.
25. Kvorum bo‘lmagan hamda tuman (shahar) moliya, soliq organlarining va ishtirok etuvchi tijorat banklarining vakillaridan biri komissiya yig‘ilishida qatnashmagan taqdirda komissiyaning majlisga kelgan a’zolari tomonidan majlisni kechiktirish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, majlisni o‘tkazishning yangi sanasi va vaqti to‘g‘risida qo‘shimcha ravishda komissiya kotibi tomonidan xabar qilinadi.
26. Komissiya yig‘ilishlarida ishtirok etayotgan a’zolarining uchdan ikki kismi yoqlab ovoz bergan komissiya qarorlari qabul qilingan hisoblanadi va ushbu yig‘ilishlarda qabul qilingan qarorlar yig‘ilish kotibi tomonidan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
27. Komissiya qarorlari komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
28. Komissiya hujjatlari tuman (shahar) iqtisodiyot va sanoat bo‘limlarida belgilangan muddatgacha saqlanadi.
29. Komissiya o‘zining ish reglamentini tasdiqlaydi.
30. Komissiya kotibi ariza beruvchini uning arizasi komissiya yig‘ilishda ko‘rib chiqilishidan 5 kun oldin taklif etadi va qatnashishini ta’minlaydi.
31. Ariza beruvchi uzrli sabablarga ko‘ra (mehnatga layoqatsizlik, safarda bo‘lganligi, yaqin qarindoshining vafoti va boshqalar) komissiya yig‘ilishida qatnashish imkoniga ega bo‘lmasa, ariza beruvchi bu haqda komissiya kotibini xabardor qilib sababini ko‘rsatishi shart. Bunda, ariza beruvchining arizasi komissiyaning keyingi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
32. Ariza beruvchi uzrli sabablarsiz komissiya yig‘ilishiga kelmaganda komissiya arizani uning ishtirokisiz ariza beruvchi hamda mas’ul tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida ko‘rib chiqadi va komissiya qarorini ariza beruvchiga bildiradi.
5-bob. Komissiya tomonidan baholash natijalarini ko‘rib chiqish tartibi
33. Komissiya arizalarni navbat asosida ularning qayd etilishi ketma-ketligiga muvofiq ko‘rib chiqadi.
Komissiya yig‘ilishlari, ularning oshkoraligi va xolisligini ta’minlash maqsadida uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi hamda tuman (shahar) iqtisodiyot va sanoat bo‘limida uch yil mobaynida saqlanadi.
34. Komissiya talabgorlarni aniqlash bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar, mas’ul tashkilotlarning baholash natijalarini olgan kundan boshlab 7 ish kuni ichida ularning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqadi.
Komissiya taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar asosida hamda ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra ariza beruvchiga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida komissiya elektron reyestrni yuritadi.
35. Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha komissiya yig‘ilishining bayonnomasi rasmiylashtirilib, subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida komissiyaning QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan qarori qabul qilinadi va tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga xabarnoma yuboriladi. Ushbu xabarnoma Davlat xizmatlari markazi tomonidan bir ish kunida ariza beruvchiga yuboriladi.
YIDXP orqali elektron tarzda murojaat etilganda komissiya tomonidan subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma elektron shaklda ariza beruvchiga yuboriladi.
36. Ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball to‘plagan taqdirda talabgor sifatida tan olinib, uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha subsidiya olishga haqli deb hisoblanadi.
37. Subsidiya berish to‘g‘risidagi xabarnomada talabgor (birgalikda qarz oluvchi)ning real daromadlaridan kelib chiqib, qoplab berilishi mumkin bo‘lgan subsidiya bo‘yicha sotib olishini mumkin bo‘lgan uy-joyning yuqori qiymati ko‘rsatiladi.
38. Quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya to‘lanishi rad etilishi mumkin:
a) ushbu Nizomning 10-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda;
b) taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
v) taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki soxta ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
g) ariza va tegishli hujjatlar qabul qilishning oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilganda;
d) mas’ul tashkilotlar xulosalariga asosan jami 30 dan past ball to‘plaganda;
e) ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiyalar olgan oila a’zolari (eri, xotini)ning takroriy murojaat etganda;
j) joriy yil uchun ajratiladigan subsidiyalar soni tugaganda;
z) ishtirok etuvchi bank tomonidan ariza beruvchi fuqaro (birgalikda qarz oluvchi) ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha to‘lovga layoqatsiz deb topilganda;
i) ariza beruvchida kredit tashkilotlaridan oldingi olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lganda.
39. Ushbu Nizomning 38-bandida ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bo‘yicha subsidiya to‘lanishi rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Subsidiya to‘lashni rad etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda komissiya rad etish sabablarini, qonun hujjatlarining aniq normalarini ko‘rsatgan holda QR-kod qo‘yilgan qarorni rasmiylashtiradi hamda tegishli xabarnomani tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etganda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.
40. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmaganda, noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi aniqlangan taqdirda komissiya ariza beruvchiga subsidiya ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda qaror nusxasi takroran ariza topshirish mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga bir ish kuni mobaynida yuboriladi.
41. Subsidiya taqdim etiladigan talabgorlar soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining tumanlar (shaharlar) bo‘yicha tasdiqlangan qarorida belgilangan sonidan oshib ketgan taqdirda talabgorlar soni quyidagi tartibda aniqlanadi:
eng yuqori ball olgan talabgorlar ketma-ketligida;
oxirgi eng yuqori ball to‘plagan ikki yoki undan ortiq ariza beruvchining ballari teng bo‘lib qolgan taqdirda, kalendar tartibga ko‘ra hujjatlarni birinchi bo‘lib topshirgan ariza beruvchi talabgor sifatida tan olinadi.
42. Ushbu Nizomga muvofiq taqdim etiladigan subsidiyalar bir oilaga (oila a’zolarining bittasiga) faqat 1 (bir) marta beriladi. Uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnoma kalendar yil yakuniga qadar amal qiladi.
Ushbu Nizomga muvofiq taqdim etiladigan subsidiyalar ayrim toifadagi shaxslar (harbiy xizmatchilar) va ularni oila a’zolariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
43. Subsidiya taqdim etishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda keyingi yilda takroran murojaat qilishga haqli.
44. Ijtimoiy mezonlar bo‘yicha baholash natijalariga ko‘ra 30 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin joriy yil uchun belgilangan subsidiyalar soni tugaganligi sababli subsidiya olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan talabgorlar keyingi yil uchun subsidiya oluvchilar ro‘yxatiga avtomatik tarzda kiritiladi.
45. Joriy yil uchun ajratilgan subsidiyalar soni tugagan taqdirda, komissiya tomonidan uch ish kuni mobaynida arizalarni qabul qilishni to‘xtatish haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon beriladi hamda tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga axborot yuborilishi shart.
6-bob. Sotib olinadigan uy-joylarni aniqlash va ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyani hisoblash tartibi
46. Davlat xizmatlari markazidan subsidiya berish to‘g‘risida ijobiy xabarnomani olgan talabgor xabarnomada ko‘rsatilgan sotib olinishi mumkin bo‘lgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshmagan qiymatli uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.
47. Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor tijorat bankiga uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish bo‘yicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani hamda fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan badal mablag‘larini bankdagi hisobvarag‘iga joylashtirganligi to‘g‘risida ma’lumotnomani hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi.
48. Ishtirok etuvchi tijorat banki talabgorning hujjatlarini uch ish kuni mobaynida o‘rganib chiqadi.
Ipoteka krediti ajratish ma’qullangan taqdirda, tijorat banki tuman (shahar) moliya bo‘limi bilan birgalikda ipoteka krediti bo‘yicha davlat budjetidan talabgorga ajratilishi mumkin bo‘lgan subsidiya summasini aniqlaydi.
49. Subsidiyalar:
qishloq joylarda — birinchi besh yil davomida ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlari bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun — 10 foizlik punktdan oshgan qismiga;
shaharlarda — boshlang‘ich badalning bir qismini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun uy-joyning hisoblangan qiymatining 10 foizi miqdorida va birinchi besh yil davomida kredit bo‘yicha foizlarni qoplash uchun — Toshkent shahrida 12 foizlik punktdan oshgan qismiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga to‘lanadi.
50. Shaharlarda uy-joylarni sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash maqsadida davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya miqdori quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Sbb = Uq * 10%,
bunda:
Sbb — boshlang‘ich badalning bir qismini to‘lashga subsidiya summasi;
Uq — uy-joyning hisoblangan qiymati.
51. Shahar va qishloq joylarda uy-joylarni sotib olish uchun ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini birinchi 5 yil davomida qoplash maqsadida davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya miqdori quyidagi tartibda hisoblanadi:
ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya summasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Sm = Ks*(Af — Bf)
bunda:
Sm — ipoteka krediti bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya summasi;
Ks — ipoteka krediti bo‘yicha asosiy qarzning qoldiq summasi;
Af — ipoteka krediti shartnomasida tijorat banki hamda ariza beruvchi kelishuviga asosan belgilangan foiz stavkasi;
Bf — Toshkent shahrida 12 foizlik punkt, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida hamda qishloq joylarda 10 foizlik punkt.
52. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi pasaytirilgan taqdirda, tijorat banklarining ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari mutanosib ravishda pasayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.
Tijorat banklarining ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari pasayganda, foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan subsidiya miqdori ushbu sanadan boshlab mutanosib ravishda kamayadi.
7-bob. Ipoteka kreditini rasmiylashtirish va subsidiyalarni to‘lab berish tartibi
53. Tijorat banki bir ish kuni ichida tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limlariga boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini to‘lashga buyurtmanomani yuboradi.
54. Tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limlari uch ish kuni mobaynida ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki tomonidan ko‘rsatilgan hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
55. Sotib olinadigan uy-joylar bo‘yicha ipoteka kredit shartnomasi talabgor tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan boshlang‘ich badal to‘liq shakllantirilgandan (boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘langan hollarda — subsidiya summasi o‘tkazilgandan) so‘ng ishtirok etuvchi tijorat banki talabgor bilan bir ish kunida ipoteka krediti shartnomasini tuzadi.
56. Talabgor tomonidan ipoteka krediti shartnomasi boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi o‘tkazilgan sanadan boshlab o‘ttiz kun ichida uzrli sabablarsiz rasmiylashtirilmagan taqdirda, ishtirok etuvchi tijorat banki subsidiya mablag‘larini tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limining tegishli hisobvarag‘iga qaytaradi.
57. Talabgorlarga shahar va qishloq joylarda uy-joylarni sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratilgan kundan boshlab ishtirok etuvchi tijorat banklari tomonidan uch ish kuni ichida tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limlariga ipoteka kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish grafiklari ilova qilingan holda foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar to‘lashga buyurtmanomalar bilan talabgorlarning tegishli hisobvaraqlari rekvizitlari yuboriladi.
58. Tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar summasi har oyning 25 kuniga qadar o‘tkazib beriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
59. Ariza beruvchi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlar, talabgor va pudrat tashkiloti uy-joyning haqiqiy qiymati, ishtirok etuvchi tijorat banki ajratilgan ipoteka krediti summasi va foiz stavkasi, moliya bo‘limlari hisoblangan va ajratilgan subsidiya summasini to‘g‘ri hisoblanishi uchun javob beradi.
60. Uy-joy sotib olishga talabgor bilan tuzilgan ipoteka kredit shartnomalari shartlariga rioya etilishini nazorat qilish ishtirok etuvchi tijorat banki tomonidan amalga oshiriladi.
61. Ishtirok etuvchi tijorat banki har chorakda tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limlari bilan birgalikda talabgorning ipoteka krediti bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish grafigi va ajratilgan subsidiya summalari asosida solishtirma dalolatnomani rasmiylashtiradi.
62. Subsidiya bo‘yicha oxirgi to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng ishtirok etuvchi tijorat banki uch ish kuni mobaynida tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limlari va talabgorga ajratilgan subsidiyadan to‘liq foydalanilganligi to‘g‘risida xabarnoma yuboradi hamda g‘aznachilik bo‘limlari bilan yakuniy solishtirma dalolatnomani rasmiylashtiradi.
63. Oylik subsidiya summasi ortiqcha to‘langanda, tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limlari tomonidan keyingi oyda talabgor uchun subsidiya to‘lovi avval to‘langan ortiqcha to‘lovni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
64. Ishtirok etuvchi tijorat bankining ichki siyosatlarida belgilangan muddatlarda ipoteka kreditlari bo‘yicha to‘lovlarni surunkali ravishda to‘lamaslik oqibatida bekor qilingan ipoteka kredit shartnomalari bo‘yicha undiriladigan mablag‘lar (shu jumladan, garovdagi uy-joyning sotilishi) hisobidan talabgorga boshlang‘ich badal va foiz to‘lovlarining bir qismi uchun ajratilgan subsidiya summasi ipoteka krediti bo‘yicha garovga qo‘yilgan uy-joyning sotilgan qiymatidan belgilangan tartibda tegishli tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limlariga ushbu banklar tomondan to‘liq miqdorda qaytariladi.
65. Mehnat migrantlari, alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga beriladigan subsidiyalar soni qonun hujjatlariga muvofiq yangi tartib doirasida ular uchun quriladigan uy-joylar sonidan oshmasligi lozim.
66. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar ajratilishi, talabgorlarga subsidiyalar hisoblanishi va to‘lanishi yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
67. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy
MEZONLARI
T/r |
Mezonlar |
Ball |
Mas’ul organ |
I. Ariza beruvchi va/yoki uning oilasining daromadi (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — MHTEKM asosida) |
|||
Qishloq joylarda (tuman va tuman markazlari)* |
|||
1. |
MHTEKMning 3,8 dan 4,5 baravarigacha |
10 |
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi |
2. |
MHTEKMning 4,6 dan 5,2 baravarigacha |
6 |
|
3. |
MHTEKMning 5,3 dan 5,8 baravarigacha |
2 |
|
Shaharlarda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar shaharlari)* |
|||
1. |
MHTEKMning 4,0 dan 5,0 baravarigacha |
10 |
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi |
2. |
MHTEKMning 5,1 dan 6,0 baravarigacha |
6 |
|
3. |
MHTEKMning 6,1 dan 6,5 baravarigacha |
2 |
|
Toshkent shahrida* |
|||
1. |
MHTEKMning 4,5 dan 6,0 baravarigacha |
10 |
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi |
2. |
MHTEKMning 6,1 dan 7,5 baravarigacha |
6 |
|
3. |
MHTEKMning 7,6 dan 9,0 baravarigacha |
2 |
|
II. Hozirgi turar joy maqomi** |
|||
1. |
Ijara (er-xotin o‘z mulkida uy-joyi mavjud emas) |
20 |
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi, Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi |
2. |
Egasining ruxsati bilan tekin turar joy (er-xotin o‘z mulkida uy-joyi mavjud emas) |
20 |
|
III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar |
|||
1. |
“labor-migration” dasturida ro‘yxatdan o‘tgan mehnat migranti |
10 |
Tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazi |
2. |
Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar |
10 |
Tuman (shahar) hokimligi |
3. |
Alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar |
10 |
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi |
4. |
Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar*** |
10 |
Tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi |
5. |
Yagona (yolg‘iz) boquvchiga ega bo‘lgan oila — erkak |
9 |
|
6. |
Boshqalar |
0 |
|
IV. Oilada quyidagi shaxslar mavjudligi**** |
|||
1. |
Birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxs |
10 |
Tuman tibbiyot birlashmasi xulosasi |
2. |
Surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi |
10 |
|
3. |
Og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan |
10 |
|
Jami ball: |
50 |
* O‘rtacha oylik daromadi:
qishloq joylarda — MHTEKMning 3,8 baravaridan kam va 5,8 baravaridan ko‘p;
shaharlarda — MHTEKMning 4,0 baravaridan kam va 6,5 baravaridan ko‘p;
Toshkent shahrida — MHTEKMning 4,5 baravaridan kam va 9,0 baravaridan ko‘p bo‘lgan oilalarga subsidiya ajratilmaydi.
** To‘liq o‘z mulkida uy-joyga ega bo‘lgan oilalar (er yoki xotin)ga subsidiya ajratilmaydi.
*** III bo‘limdagi “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar” mezoni bo‘yicha 10 ball olgan nomzodlarga IV bo‘lim mezonlari bo‘yicha ball berilmaydi.
Shuningdek, IV bo‘lim mezonlari bo‘yicha 10 ball olgan nomzodlarga III bo‘limdagi “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar” mezoni bo‘yicha ball berilmaydi.
**** IV bo‘lim bo‘yicha ball bitta mezonga beriladi.
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
|
||||||||||||||||||||||||
UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN SUBSIDIYA |
||||||||||||||||||||||||
000000-son |
||||||||||||||||||||||||
XABARNOMA |
||||||||||||||||||||||||
Berilgan sanasi “___” _________ 20___ yil |
||||||||||||||||||||||||
Amal qilish muddati “___” _________ 20___ yil |
||||||||||||||||||||||||
Fuqaro ______________________________________________________________________________________ |
||||||||||||||||||||||||
(F.I.O.) |
||||||||||||||||||||||||
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2020 yil _________ ______-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to’lash tartibi to’g’risidagi nizomgamuvofiq ________________________________ |
||||||||||||||||||||||||
deb topildi. |
(ijtimoiy me`zonga muvofiqligi) |
|||||||||||||||||||||||
Passport ma`lumotlari: seriyasi _______ raqami _____________________________________________________ |
||||||||||||||||||||||||
Kim tomonidan berilgan _________________________________, berilgan sanasi __________________________ |
||||||||||||||||||||||||
Yashash manzili ______________________________________________________________________________ |
||||||||||||||||||||||||
Ro`yxatdan o`tgan manzili _______________________________________________________________________ |
||||||||||||||||||||||||
Davlat byudjeti hisobidan turar joy bilan ta'minlash huquqiga ega bo'lgan u bilan birga yashaydigan oila a'zolari hisobga olingan holda uy-joy sotib olish uchun ______________________________________________ subsidiya ajratiladi. |
||||||||||||||||||||||||
(subsidiyaning turi ko`rsatiladi) |
||||||||||||||||||||||||
Sotib olinishi mumkin bo’lgan uy-joyning yuqori qiymati _____________________________ so’m. |
||||||||||||||||||||||||
|
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2a-ILOVA
|
||||||||||||||||||||||||
UY-JOY SOTIB OLISH UCHUN SUBSIDIYA |
||||||||||||||||||||||||
000000-son |
||||||||||||||||||||||||
XABARNOMA |
||||||||||||||||||||||||
Berilgan sanasi “____” __________ 20___ yil |
||||||||||||||||||||||||
Fuqaro ______________________________________________________________________________________ |
||||||||||||||||||||||||
(F.I.O.) |
||||||||||||||||||||||||
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinig 2020 yil _________ ______-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to’lash tartibi to’g’risidagi nizomning talablariga ____________________________ ________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ sababli subsidiya taqdim etilishi muvofiq emas deb topildi. (nizomninig qaysi talablariga muvofiq emasligi ko’rsatilishi kerak) |
||||||||||||||||||||||||
Passport ma`lumotlari: seriyasi _______ raqami _____________________________________________________ |
||||||||||||||||||||||||
Kim tomonidan berilgan _________________________________, berilgan sanasi __________________________ |
||||||||||||||||||||||||
Yashash manzili ______________________________________________________________________________ |
||||||||||||||||||||||||
Ro`yxatdan o`tgan manzili _______________________________________________________________________ |
||||||||||||||||||||||||
|
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
_______________ tumani (shahri)da subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha komissiyaning namunaviy
TARKIBI
1. |
Lavozimiga ko‘ra |
— |
Tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Komissiya raisi |
2. |
Lavozimiga ko‘ra |
— |
Tuman (shahar) xalq qabulxonasi rahbari, Komissiya raisi o‘rinbosari |
3. |
Lavozimiga ko‘ra |
— |
Tuman (shahar) hokimi o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i |
4. |
Lavozimiga ko‘ra |
— |
Tuman (shahar) moliya bo‘limi boshlig‘i |
5. |
Lavozimiga ko‘ra |
— |
Tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori |
6. |
Lavozimiga ko‘ra |
— |
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi rahbari |
7. |
Lavozimiga ko‘ra |
— |
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi rahbari |
8. |
Lavozimiga ko‘ra |
— |
Ishtirok etuvchi tijorat bankining tuman (shahar) filiali rahbari |
9. |
Lavozimiga ko‘ra |
— |
Tuman (shahar) iqtisodiyot va sanoat bo‘limi boshlig‘i*, Komissiya kotibi |
* Toshkent shahrining tumanlarida iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i.
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash
SXEMASI
Bosqichlar |
Subyektlar |
Tadbilar |
Bajarish muddatlari |
|||
1-bosqich |
Ariza beruvchi |
Ariza beruvchi subsidiya olish uchun tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda anketa-arizani elektron tarzda to‘ldiradi. |
1-martdan 1oktyabrgacha (haftaning dushanba-juma kunlari) |
|||
2-bosqich |
Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi |
1. Anketa-ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi. 2. Tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazi arizalarni qayd qilinishi navbatligiga ko‘ra tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi, ichki ishlar bo‘limi (boshqarmasi), moliya bo‘limi, davlat soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi, tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi, tuman (shahar) hokimligi, ishtirok etuvchi tijorat bankiga elektron shaklda taqdim etadi. |
1 ish kuni mobaynida |
|||
3-bosqich |
Tibbiyot birlashmasi |
Ariza beruvchining oila a’zolari orasida surunkali kasallikning �g‘ir turlaridan azob chekuvchi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning mavjudligi, ariza beruvchining oila a’zolari orasida birinchi guruh nogironi mavjudligi, yolg‘iz o‘zi og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bolani parvarishlayotgan ayollar to‘g‘risidagi ma’lumotni tegishli tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi. |
10 ish kuni mobaynida |
|||
Ichki ishlar bo‘limi (boshqarmasi) |
Ariza beruvchi boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) yashashi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni tegishli tuman (shahar) davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi. |
|||||
Moliya bo‘limi |
Taqdim etiladigan subsidiyalarning miqdori tugaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi. |
|||||
Davlat soliq inspeksiyasi |
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, turar joyda ijara shartlari asosida yashashi va ariza beruvchining daromadlari to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi. |
|||||
Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi |
Ariza beruvchining kam ta’minlanganlarga mansubligi to‘g‘risidagi ma’lumotni tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi. |
|||||
Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi |
Doimiy propiska joyidan kadastr hujjatining ma’lumotlari (agar turar joyi doimiy propiska joyi bilan to‘g‘ri kelsa), ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘i va farzandlarida mulk huquqi bilan turar joyning bor-yo‘qligi, yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi, uy-joy umumiy maydonining bir shaxs uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarni tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi. |
|||||
Tuman (shahar) Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi |
Ariza beruvchining og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar, yagona (yolg‘iz) boquvchigv egv bo‘lgan oila-ayollar toifasiga mansubligi. |
|||||
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) kengashi |
Ariza beruvchining alohida namuna ko‘rsatayotgan yosh oilalar toifasiga mansubligi. |
|||||
tuman (shahar) hokimligi |
Ariza beruvchining yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar toifasiga mansubligi. |
|||||
Ishtirok etuvchi tijorat banklari |
Ariza beruvchi fuqaro (birgalikda qarz oluvchi)ning ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha to‘lov qobiliyati, unga ajratilishi mumkin bo‘lgan ipoteka krediti va sotib olishi mumkin bo‘lgan uy-joyning yuqori qiymati, kredit tashkilotlaridan avval olingan kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotni tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markaziga taqdim etadi. |
|||||
4-bosqich |
Komissiya |
1. Arizalarni ularning qayd etilishi navbatliligiga ko‘ra ko‘rib chiqadi. 2. Talabgorlarni aniqlash bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlar, ma’sul tashkilotlarning baholash natijalari Nizom talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqadi. |
Ma’lumotlar kelib tushgan kundan boshlab 7 ish kuni mobaynida, arizachi ishtirokida |
|||
Tanlov natijalari yuzasidan subsidiya berish yoki rad etish to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan qaror qabul qiladi va Davlat xizmatlari markazi orqali elektron tarzda ariza beruvchiga yuboradi. |
1 ish kuni mobaynida |
|||||
5-bosqich |
Talabgor |
O‘zining real daromadi va imkoniyatlaridan kelib chiqib mo‘ljallayotgan uy-joyni, uning hisoblangan qiymatidan oshmagan haqiqiy qiymatini inobatga olgan holda ipoteka krediti orqali sotib olish bo‘yicha xususiy qurilish (pudrat) tashkiloti bilan shartnoma tuzadi. |
Subsidiya berish to‘g‘risidagi qarorni olgandan so‘ng 1 oy mobaynida |
|||
Ipoteka kreditini belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun talabgor tijorat bankiga uy-joy sotib olish uchun subsidiya taqdim etish to‘g‘risidagi xabarnomani va uy-joyni ipoteka shartlari asosida sotib olish bo‘yicha qurilish tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani hamda fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan badal mablag‘larini bankdagi hisobvarag‘iga joylashtirganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani hamda bank tomonidan belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim qiladi. |
||||||
6-bosqich |
Ishtirok etuvchi tijorat banki va moliya bo‘limi |
1. Ishtirok etuvchi tijorat banki talabgorning hujjatlarini o‘rganib chiqadi. 2. Ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha davlat budjetidan talabgorga qoplab berilishi mumkin bo‘lgan subsidiya summasini aniqlaydi. |
3 ish kuni mobaynida |
|||
7-bosqich |
Ishtirok etuvchi tijorat banki |
Tuman (shahar) g‘aznachilik bo‘limlariga boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini to‘lashga buyurtmanoma yuboradi. |
1 ish kuni ichida |
|||
8-bosqich |
Hududiy g‘aznachilik bo‘limi |
Ipoteka krediti bo‘yicha boshlang‘ich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasini tijorat banki tomonidan ko‘rsatilgan hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi. |
3 ish kuni mobaynida |
|||
9-bosqich |
Ishtirok etuvchi tijorat banki |
Talabgor bilan ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risida shartnoma imzolaydi hamda ipoteka kreditini rasmiylashtiradi. |
1 ish kunimobaynida |
|||
Ipoteka kreditini ajratish to‘g‘risida shartnoma va unga ilova (to‘lovlar jadvali)ni ipoteka krediti foizini har oyda to‘lab borish uchun subsidiya ajratilishi bo‘yicha hududiy g‘aznachilik bo‘limlariga yuboradi. |
Ipoteka krediti taqdim etilganidan so‘ng 3 ish kuni mobaynida |
|||||
10-bosqich |
Hududiy g‘aznachilik bo‘limi |
Ipoteka foizlarining bir qismini qoplash uchun mablag‘larni o‘tkazib boradi. |
Har oyning 25 sanasigacha |
Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
ANKETA-ARIZA |
|||||||||||||||||||||||||||||
Ariza № _________________________ |
|||||||||||||||||||||||||||||
Qabul qilish sanasi ________________ |
|||||||||||||||||||||||||||||
Qabul qilgan shaxs _________________ |
|||||||||||||||||||||||||||||
1. ___________________________ |
__________________________ |
_________________________ |
|||||||||||||||||||||||||||
2. Manzil: ___________________ (aholi punkti) |
_____________________________ (tuman, shahar) |
_____________________________ (viloyat) |
|||||||||||||||||||||||||||
3. Tug‘ilgan sanasi |
4. Jinsi |
5. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) ___________________ |
|||||||||||||||||||||||||||
6. Oilaviy ahvoli |
7. Asosiy faoliyat turi (bandlik, ish joyi): __________________________________________________________ |
8. Pasport bo‘yicha jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR)*: _____________________________ |
|||||||||||||||||||||||||||
9. Oila a’zolaringizni ularning yoshini ko‘rsatgan holda sanab o‘ting: |
10. Quyidagi shaxslar Sizning oilangizda yashaydimi? Agar yashasa, sonini ko‘rsating: |
11. Har oylik daromad miqdori, (zarurat bo‘lganda xotini (eri), ular bilan bir uyda birgalikda yashovchi ota-onasi hamda farzandlarining daromadlari): _____________ so‘m. |
|||||||||||||||||||||||||||
13. Sizning hozirgi uy-joyingizning huquqiy maqomi: |
14. Qaysi turdagi arzon uy-joydan olmoqchisiz? |
15. Sizning aloqa qilish uchun ma’lumotlaringiz? |
|||||||||||||||||||||||||||
16. Siz quyidagi fuqarolar toifalariga mansubmisiz? Agar mansub bo‘lsangiz, qaysiligiga ko‘rsating: |
|||||||||||||||||||||||||||||
Men uy-joy olish hamda uy-joy uchun subsidiya olishdan manfaatdorligimni bildiraman va yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman. Pasport va ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari �lova qilinadi. |
|||||||||||||||||||||||||||||
_______________ |
_______ _______ _______ |
||||||||||||||||||||||||||||
imzo |
kun |
oy |
yil |
||||||||||||||||||||||||||
|
* JSh ShIRni aniqlash quyida ko‘rsatilgan (bu yerda JSh ShIR raqami sariq rang bilan belgilangan — 30101800050014 raqami).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.03.2020-y., 09/20/182/0361-son)
Manba: https://lex.uz/docs/-4774086