Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi
2020-03-18 11:37:17 1220
“Maʼnaviyat” gazetasida Farg‘ona shahridagi markaziy deqon bozori, savdo majmuasi va “Ixlos” savdo do‘konlari oralig‘idagi yo‘llarda avtomashinalarning tirbandligi ko‘pchilikka qiyinchiliklar tug‘dirayotgani xususida xabar eʼlon qilingan.
Darhaqiqat, bugun ushbu hududda ko‘plab savdo majmualari, bozor va boshqa maishiy xizmat ko‘rsatish binolar mavjud. Shu bois bu joylarga turli yumushlar bilan keladigan fuqarolarimiz o‘z shaxsiy mashinalarida kelishadi. Shuningdek, boshqa shaharlararo va shahar ichi yo‘nalishlarida qatnovchi yengil avtomashinalar turadi. Natijada har zamonda tirbandliklar vujudga keladi.
Ushbu holatni bartaraf etish ancha vaqtdan buyon shahar hokimligining kun tartibida turibdi va maqbul yechimini topish ustida harakatlar olib borilmoqda.