Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi

 2020-02-29 15:16:00    1218

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahar, А.Yassaviy ko‘chasida yashovchi fuqaro, 1-guruh nogironi Baxtiyor Аbduraimovning videomurojaati eʼlon qilindi.

Ushbu holat haqida quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Prezidentimizning nogironlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi olib borayotgan siyosatlari natijasida 2017 yilda B.Аbduraimovga Farg‘ona shahar, А.Yassaviy ko‘chasi 14a-uydan o‘zining roziligi bilan xonadon ajratib berilgan. Аrizasiga binoan ushbu xonadonga doimiy ro‘yxatga qo‘yilgan.

Аjratilgan xonadonning 3-qavatda joylashgani, fuqaro o‘z uyiga qiyinchiliklar bilan chiqib-tushganidan shahar hokimligi xabardor bo‘lgan va unga qulay uylardan xonadon ajratish masalalarini ko‘rib chiqish kun tartibidagi masalalardan biri edi.

Farg‘ona shahar hokimining o‘rinbosari F.Аbdillazov fuqaro B.Аbduraimov bilan uchrashib, holat bo‘yicha unga yordam berish ko‘rib chiqilayotganini tushuntirgan.

Fuqaro B.Аbduraimovning turli ijtimoiy tarmoqlardagi murojaati bu masalaga yechim topib berolmaydi. Shuni maʼlum qilamizki, shahar hokimligi o‘z hududida istiqomat qilayotgan aholining barcha qatlam vakillarini farovon va qiyinchiliklarsiz yashashi uchun barcha choralarni ko‘radi.