Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

“Fargʼona haqiqati” gazetasida chop etilgan maqola yuzasidan bildirish

 2020-02-20 18:59:06    1089

PDF yuklash
Chop etish


“Fargʼona haqiqati” gazetasining joriy yil 8 fevraldagi 11-sonida “Ham tor koʼcha, ham xor koʼcha” sarlavhasi ostida Fargʼona shahar “Аlisher Navoiy” mahalla fuqarolar yigʼinlari Sohibqiron Temur va Oybek koʼchalarini bogʼlab turadigan bir nechta koʼp qavatli uylar joylashgan ichki koʼchalar atrofida chiqindilar tashlanayotgani tanqid qilingan.

Mazkur holat yuzasidan shahar hokimligi tomonidan maxsus ishchi guruh tuzilib, koʼp qavatli uy-joylar atrofini toza tutish, maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarda qoldirmaslik boʼyicha aholi oʼrtasida targʼibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Maqolada koʼrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, bunday holatlar boshqa takrorlanmasligi va oldini olish boʼyicha chora-tadbirlar belgilandi.