Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi

 2020-02-05 19:35:04    1204

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahri Jo‘ydam mahallasi ayrim fuqarolarining mahalla hududida tabbiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi kabi muammolar bo‘yicha eʼtirozlari eʼlon qilindi.

Ushbu holat Farg‘ona shahar hokimligining tegishli boshqarma va bo‘limlari mutasaddi xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi “Аholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5633-son Farmoniga asosan “Obod mahalla“ dasturiga kiritiladigan mahalla fuqarolar yig‘inlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan kelishilgan holda shakllantirilishi belgilab qo‘yilgan.

Shu bois, Farg‘ona shahar hududidagi “Shodiyona”, “Jo‘ydam”, “Oqariqobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarini 2020 yil “Obod mahalla” dasturiga kiritish taklifi berilgan.

“Jo‘ydam” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 1219 ta xonadonda 6200 nafardan ziyod aholi istiqomat qilmoqda. Dastur doirasida ushbu mahalladagi ichki irrigatsiya tarmoqlarini qurish va taʼmirlash, sug‘orish quduqlari qazish va taʼmirlash (obodonlashtirish), chiqindi yig‘ish maydonlarini, tungi ko‘cha yoritish tizimini barpo etish va taʼmirlash, elektr, gaz, ichimlik suvi taʼminoti tizimini yaxshilash, aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish, yakka tartibdagi uy-joylarni taʼmirlash kabi bir qator yechimi kutib turgan masalalarni bartaraf etish rejalashtirilgan.