Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Farg‘ona yog‘-moy” АJ boshqaruvi bayonoti
2020-01-29 11:50:19 1502
“Farg‘ona yog‘-moy” АJ boshqaruvi shuni maʼlum qiladiki, jamiyatimizning bir guruh ishchi xodimlari tomonidan oylik maoshlari o‘z vaqtida to‘lanmayotganligi yuzasidan 2020 yil 27 yanvar kuni yozgan arizalari hozirda shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilmokda.
Ishchi xodimlarga 2019 yil dekabr oylik maoshi o‘z vaqtida to‘lab berilmaganligining sababi jamiyatning ishlab chiqarish quvvatini oshirish, xom-ashyo sotib olish uchun aylanma mablag‘ uchun xizmat ko‘rsatuvchi “Hamkor” bankdan olingan kreditlar to‘lovi har oyning 20-sanasida bo‘lganligi uchun birja orqali mahsulot savdosidan kelib tushgan mablag‘lar bank tomonidan kreditdan bo‘lgan qarzdorlik hisobiga olingan. Shu bois xodimlar ish haqini to‘lash muddatidan kechikib qolgan. Bugungi kunda, yaʼni 29 yanvar 2020 yil holatiga kreditdan bo‘lgan qarzdorlik yopilib, jamiyat hisob raqami ochildi. Ish haqidan bo‘lgan qarzdorlik 29-30 yanvar kunlari to‘liq to‘lab beriladi.