Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasining rasmiy munosabati
2020-01-24 16:39:45 1741
23 yanvar kuni ijtimoiy tarmoq sahifalarida shaxsi nomaʼlum foydalanuvchi tomonidan eʼlon qilingan “Poliklinikamizda nevropatolog yo‘q, xususiy shifokorlarning xizmat haqi esa juda qimmat” nomli murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Belgilangan tartib bo‘yicha barcha oilaviy poliklinikalarda bemorlarni umumiy amaliyot shifokorlari qabul qilib, ko‘rikdan o‘tkazadi.
Аgar bemorda nevropatolog va boshqa tor doiradagi mutaxassislar ko‘rigiga ehtiyoj tug‘ilsa, umumiy amaliyot shifokori uni ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarga yo‘naltiradi.
Farg‘ona shahridagi 7-oilaviy poliklinikada ham umumiy amaliyot shifokorlari faoliyat ko‘rsatadi. Nevropatolog mutaxassislar esa 1-son ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada shaharning barcha poliklinikalaridan yo‘naltirilgan bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazadilar.
Ijtimoiy tarmoqqa shikoyat yozgan bemorda agar nevropatolog mutaxassisi maslahatiga ehtiyoj bo‘lsa, oilaviy poliklinikadagi umumiy amaliyot shifokori bilan maslahatlashgan holda, 1-sonli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaga borib, nevropatologdan bepul maslahat olishi va ko‘rikdan o‘tishi mumkin.
Mazkur poliklinikalar orasi juda uzoq masofa emas. Qolaversa, shahar hududida transport qatnovida ham muammo bo‘lmasligi tabiiy hol. O‘z salomatligiga befarq bo‘lmagan odam esa 10-15 daqiqa vaqt sarflab, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikaga borishga erinmaydi.
Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash
boshqarmasi axborot xizmati