Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahar hokimligining bildirishi
2019-12-27 15:40:52 1321
Internet nashrlarida Farg‘ona shahrida joylashgan “Constant Trading” MChJ faoliyati bilan bog‘liq turli yondashuvlarga asoslangan xabarlar chop etilmoqda.
Farg‘ona shahar hokimligi barcha tadbirkor va xususiy korxonalar manfaatlarini himoya qilish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirib, quyidagilarni ma’lum qiladi.
Jonajon yurtimizning har bir qarich eri biz uchun muqaddas va undan samarali, oqilona foydalanishni butun shahrimiz aholisi, kundan-kunga ortib borayotgan fuqarolarimiz manfaatlari nuqtai nazaridan himoya qilishga o‘zimizni burchlimiz, deb hisoblaymiz.
Farg‘ona shahar B.Marg‘inoniy ko‘chasida joylashgan sobiq “Buyuk ipak yo‘li” OAJ bino-inshootlari va yer maydoni bo‘yicha bahsli masala yuzasidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilmoqda.
O‘rganishlar natijasi bo‘yicha ma’lumot beriladi.
Farg‘ona shahar hokimligi axborot xizmati