Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 84 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Hokim tadbirkorlar bilan uchrashdi

×

 2019-11-18 18:35:35    1942

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahar hokimligi majlislar zalida Farg’ona shahar hokimi H.Xabibidinov shaharda faoliyat yuritib kelayotgan kichik biznes sub’ektlari rahbarlari hamda tadbirkorlar bilan uchrashdi. Unda shahar hokimi o’rinbosarlari, hokimlik bo’lim va boshqarmalari rahbarlari, aloqador tashkilotlar, bank muassasalari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzidagi uchrashuvda dastlab shahar hokimi H.Xabibidinov tadbirkorlarga murojaatini o’qib eshittirdi. Bu murojaat slayd orqali ham ko’rsatib borildi.

Murojaatda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda har sohada misli ko’rilmagan islohotlar olib borilmoqda. Fuqarolarimiz turmush tarzi, farovonligi kundan-kun yaxshilanmoqda. Bunday salmoqli ishlar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning dono hamda izchil siyosati evaziga bardavom bo’layotganligini har bir yurtdoshimiz qalban sezib turibdi.

– Tadbirkorlar mamlakat iqtisodiyotini belgilaydigan, ertangi kunimiz farovon bo’lishini ta’minlaydigan insonlardir. Ular qancha boy bo’lsa, yurtimiz, xalqimiz ham shuncha boy, turmushimiz farovon bo’ladi,-dedi shahar hokimi. – Bugungi kunda mamlakatimizda erkin bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda ekan, ushbu yo’nalishda bozor munosabatlari bosqichma-bosqich joriy etilmoqda, ayniqsa, tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik himoyasini taominlash maqsadida bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslari hamda uning qonunchilik bazasini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shahar hokimi o’z murojaatida Farg’ona shahrida kichik biznes sub’ektlari kundan-kunga oshib borayotgani va hozirda 5294 ta kichik biznes sub’ektlari faoliyat ko’rsatayotganini aytib o’tdi. Birgina 2019 yilning 9 oyi mobaynida shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan 892 ta xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ro’yxatdan o’tkazildi.

Yaratilgan sharoitlar, qo’llab-quvvatlash samarasida kichik biznes sub’ektlari va tadbirkorlarning shahar iqtisodiy ko’rsatkichidagi ulushi tobora oshib bormoqda. Xususan, Farg’ona shahri bo’yicha joriy yilning noyabr oyi holatiga byudjet prognozi ko’rsatkichi rejaga nisbatan 103 foizga etdi. O’z navbatida, nafaqat ishlab chiqarish kengayib, yangi ish o’rinlari yaratilmoqda, balki shaharning eksport salohiyati kengaymoqda va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.

Murojaatda tadbirkorlik yo’nalishiga xorijiy sarmoyalarni jalb etishga alohida ahamiyat qaratilayotgani ta’kidlanib, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun yaratilgan qulay investitsiya muhiti va uning samarasi tilga olindi. Jumladan, joriy yilning 9 oyi davomida shahar iqtisodiyotiga 24,1 mln. AQSh dollarlik to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirildi. O’zlashtirilgan investitsiyalarning 8,5 mln. AQSh dollari Xitoy, 10,5 mln. AQSh dollari Koreya Respublikasi, 2,5 mln. AQSh dollari Rossiya va 2,5 mln. AQSh dollari miqdorida boshqa xorijiy  davlatlar hisobiga to’g’ri keladi.

Shu kunga qadar, to’rtta sektor, shahar hokimligi bo’lim, boshqarmalari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan o’tkazilgan sayyor qabullar hamda keng doiradagi uchrashuvlar davomida 954 ta tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan mavjud muammolarining ijobiy hal etilishiga amaliy yordam so’rab tushgan murojaatlarning 496 tasi echimini topdi. Shuningdek, 9 oy davomida O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining shahardagi Tadbirkorlarning murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasiga 91 ta murojaat kelib tushgan bo’lib, ularning 82 tasi ijobiy hal etildi.

Shaharda "Har bir oila – tadbirkor" davlat dasturi doirasida joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida aholi bandligini ta’minlash maqsadida 3331 nafar fuqaroga 67 645,0 mln. so’m imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi. Noyabr-dekabr oylarida esa 2 mingdan ortiq aholi xonadonlariga 35 mlrd. so’mdan ortiq miqdorida imtiyozli kredit ajratish orqali ularni oilaviy tadbirkorlikka jalb qilish ishlari tashkil etiladi.

– Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev  aytganlaridek, xalqimiz kayfiyati, ularni rozi qilish – eng muhim vazifamiz. Shunday oliyjanob maqsad sari har birimiz yanada dadil odim tashlaylik, ulug’ va buyuk ishlarga o’zimizning munosib hissamizni qo’shaylik.

"Tadbirkor boy bo’lsa, yurt gullab-yashnaydi, obodonlashadi, kishilarda ertangi kunga ishonch ortadi". Davlatimiz rahbarining mana shu o’zlarini yuragimizga muhrlagan holda, doimo Sizlarning orzu-umid, maqsad va rejalaringiz, har tomonlama manfaatli biznes loyihalaringizni qo’llab-quvvatlashga tayyorman,-deya qat’iy ishonch bildirdi shahar hokimi.

Uchrashuvda kichik biznes sub’ektlari rahbarlari va tadbirkorlar o’zlarini qiziqtirgan savollar, takliflar va mavjud muammolari bo’yicha shahar hokimiga murojaat qilishdi. Ularning aksariyati tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, er maydoni ajratish, imtiyozli kredit olish kabi masalalarda bo’lib, ularga to’lqonli javoblar qaytarildi, hokim o’rinbosarlari va tegishli tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

 SURATLARDA: hokim va tadbirkorlar uchrashuvi tasvirlangan.