Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 109 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Aholini ro’yxatga olish-muhim vazifa.

 2019-10-11 18:44:41    1757

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi "O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda axolini ruyxatga olishni o’tkazish konsepsiyasini tasdiqlash tug’risida”gi Farmoniga muvofik respublikamizda iktisodiy va ijtimoiy ma’lumotlar anikligini          ta’minlash va axolining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma’lumot darajasi, nikox holati, bandligi va boshka tasniflari xaqidagi ma’lumotlarni umumlashtirish maqsadida 2022 yilda axolini ruyxatga olish tadbirini o’tkazish belgilandi. Farmon ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, O’zbekiston Respublikasining "Axolini ruyxatga olish tug’risida"gi Konuni loyixasi muxokamaga quyildi.

Xo’sh, axolini ruyxatga olish tadbiri iqtisodiy jixatdan bizga nima beradi?

Birinchidan, axolini ruyxatga olish mexnat va uy-joy bozorlarini rejalashtirish, respublika byudjetini tuzish, transport siyosatini yuritish elektrenergetika, ijtimoiy ta’minot, sog’likni saqlash va ta’lim soxalari, tip va diniy siyosat masalalarida juda muhum axamiyatta ega. Bir so’z bilan aytganda, kaysi sohada bo’lmasin, «kelajakni bashorat qilish zarur bulgan xollarda aholini ruyxatga olish natijalarisiz ish tutib bulmaydi.

Ikkinchidan, undan axoli jon boshiga makroiqtisodiy kursatkichlarni (yalpi ichki maxsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, iste’mol maxsulotlari hajmi, axoliga kursatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari) hisoblashda foydalaniladi.

     Uchinchidan, axoli ruyxati respublika va xududlarni ijtimoiy-iktisodiy rivojlantirish, axoli bandligi. ayollar aa bolalar salomatligini yaxshilash xamda oilalarga erdam kursatish bo’yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda  axborot manbai sifatida hizmat qiladi.

To’rtinchidan, mazkur ma’lumot axoli punktlarining infratuzilmasini yaxshilashda, mehnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish buyicha qisqa, o’rta va uzok, muddatli dasturlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, bunday ma’lumotlar ilm-fan va jamiyatni axborot bilan ta’minlash uchun ham zarur.

O’zbekiston Respublikasida 2022 yilda axolini ruyxatga olishni o’tkazish kontseptsiyasiga muvofiq aholini ruyxatga olish tadbirlarini o’tkazish bilan bog’liq xarajatlar O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa mablag’lar hisobiga moliyalashtiriladi.

Aholini ruyxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishga, uning materiallarini qayta ishlashga, natijalarini olish va e’lon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatiga xaq to’lash maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar asosida amalga oshiriladi.

Bundan tashkari, xozirgi kunda 2022 yilda aholini ruyxatga olishni o’tkazish buyicha BMTning Aholishunoslik jamg’armasi, Statistika komissiyasi xamda Evropa iqtisodiy komissiyasi bilan ham tashkiliy, uslubiy va moliyaviy jihatlar buyicha hamkorlik qilinmoqda.

 Farg’ona shahar statistika bo’lim boshlig’i  R.Xasanov