Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Izlagan ishli bo’ldi

×

 2018-08-29 14:58:26    2166

PDF yuklash
Chop etish


Munosib ish o’rni har bir odamning orzu-istagidir. O’z mutaxassisligi bo’yicha halol va fidoyilarcha mehnat qilib jamiyatimiz va vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo’shishni kim ham xohlamaydi deysiz. Ana shu kabi ezgu niyatlarni amalga oshirish, qolaversa "Yoshlar – kelajagimiz" Davlat dasturini hayotga tatbiq qilish maqsadida shahrimizdagi «Bolalar» istirohat bog’ida Farg’ona shahar hokimligi va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan bo’sh ish o’rinlari «Mehnat yarmarkasi» tashkillandi.

Tadbirning ochilish marosimida so’zga chiqqan shahar hokimining birinchi o’rinbosari Sh.Hakimov shahar hokimligi tomonidan olib borilayotgan vaqtincha ishsiz fuqarolarni, ayniqsa uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlash va yangi ish o’rinlarini yaratish borasidagi amaliy ishlar haqida gapirib o’tdi.

Yarmarkada shahrimizda faoliyat olib borayotgan va mulkchilik shakli turlicha bo’lgan korxona, tashkilot, muassasalar hamda tadbirkorlik subhektlari o’zlarida mavjud bo’lgan bo’sh ish o’rinlarini aholi, xususan, yoshlarga taklif qilishdi.

Tadbir davomida ko’plab yoshlar o’z mutaxassisliklari bo’yicha ishga yo’llanma olishga muvaffaq bo’lishdi.

– Farg’ona mashinasozlik kasb-hunar kollejini elektr-gaz payvandchiligi mutaxassisligi bo’yicha tamomlaganman,-deydi  "Gazbuyumserviz" korxonasi bilan shartnoma imzolagan Sayfiddin Xoldorov. – Bir necha yil xorijiy davlatda ishladim, ammo menga o’z mutaxassisligim bo’yicha ish topilmadi. Mazkur tadbir tashkilotchilariga rahmat, o’z kasbim bo’yicha ish topdim. Endi oilam va xalqimga nafim tegadigan bo’ldi. Men bundan xursandman.

Bunday dil so’zlarini qalbi quvonchga to’lgan boshqa yoshlardan ham eshitdik. Aytish joizki, bo’lib o’tgan «Mehnat yarmarkasi» mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan sahy-harakatlarning Farg’ona shahridagi uzviy davomi bo’ldi.