Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Milliy qadriyat

×

 2018-05-15 18:31:31    2274

PDF yuklash
Chop etish


Imkoniyati cheklanganlarning quvonchi cheksiz

    Xotira va Qadrlash kuni arafasida imkoniyati cheklangan shaxslarga yangi xonadonlarning kalitlari topshirilishi ularning ko’ngillarini tog’dek ko’tarib, o’ksik qalblariga bir olam quvonch olib kirdi.

Shahrimizda istiqomat qilayotgan nogironlar va ularning oila a’zolariga yangi xonadonlar kalitlarini topshirish marosimi haqiqiy bayram tusini oldi. Unda viloyat va shahar hokimliklari, boshqaruv organlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari mas’ul xodimlari, xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, prokuratura, IIB, korxona va tashkilotlar, sog’liqni saqlash, ta’lim muassasalari rahbarlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, quruvchilar, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Savobli va ezgu amallarga yo’g’rilgan marosim oldidan bayram kontserti tashkil etilib, harbiy orkestr, shahar madaniyat va aholi dam olish markazlari badiiy jamoalari va xonandalar tomonidan kuy-qo’shiqlar yangradi, o’zbek va qardosh xalqlar raqslari ijro etildi.

Imkoniyati cheklangan  shaxslar qalbiga bir dunyo quvonch, cheksiz shodliklar olib kirgan tantanaga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.Xudoybergenov, viloyat hokimi Sh.G’aniev tashrif buyurdi. Ular bunyod etilgan turar joy, xonadonlarning  yashash va maishiy shart-sha-roitlari, badiiy bezash ishlari, hududdagi obodonchilik, bolalar maydonchalari hamda nogironlarni ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan tikuv tsexi bilan yaqindan tanishdilar.

Ehtiyojmandlarga yangi xonadonlar kalitlarini topshirish tadbirida viloyat hokimi Sh.G’aniev so’zga chiqdi.

Viloyatimiz rahbari savobli va ezgu amallarni ado etish o’zbek xalqining azaliy qadriyati, insoniy fazilati ekanligini aytib o’tar ekan, mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida nogironlarni va mehnatga imkoniyati cheklangan shaxslarni qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya qilish, ularga g’amxo’rliklar ko’rsatish borasida davlat  siyosati darajasida keng ko’lamli xayrli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.

– Bugun mamlakatimizning barcha joylarida Xotira va Qadrlash kuni tantana qilinmoqda. Bu quvonchli lahzalar ana shu bayramning davomidir. Bizning ozod va obod yurtimizga bayramlar yarashadi,-dedi viloyat hokimi Sh.G’aniev. – Mustaqil mamlakatimizda inson qadri ulug’. Bu yangi uy umid bilan yashayotgan fuqarolarga Prezidentimiz sovg’asidir.

Tadbir ishtirokchilari olqishlari ostida viloyat hokimi Sh.G’aniev va shahar hokimi Sh.Erkaboev 10 nafar uy-joyga muhtoj bo’lgan imkoniyati cheklangan shaxslar oilalariga yangi xonadonlarning order va kalitlarini tantanali topshirdilar.

– Ko’p yillik orzuimga erishdim. Inson umid bilan yashasa, maqsadiga erishar ekan. Men 8 yil ijarada yashadim. Shukurki, turar joyga ehtiyojim borligi bo’yicha murojaatim be’etibor qolmadi. Buning uchun Prezidentimizga, viloyat va shahar hokimlariga minnatdorchilik bildiraman,-deydi birinchi guruh nogironi Ra’noxon Solieva.

Bunday dil so’zlarini  bolalikdan nogiron Husanboyning onasi Zarifaxon Muhammadjonova, Boburjonning onasi O’g’iloy Qo’chqorova, avtohalokat tufayli nogiron bo’lib qolgan Bunyodjon Tursunovning oila a’zolari, birinchi guruh nogironi  Mavludaxon O’rmonova ham bildirib o’tishdi.

– Qirguli mavzeidagi ko’p yillardan buyon qarovsiz yotgan binoni qayta mukammal ta’mirlash yo’li bilan zamonaviy turar joyga aylantirdik. Qurilish ishlari qisqa vaqt ichida yakunladi. Har bir xonadon xonalari va maishiy sharoitlar milliy mentalitetimiz hisobga olingani holda moslashtirildi. Bundan tashqari, shu hududda tikuvchilik tsexi, basketbol maydonchasi, bolalar o’yingohi, dam olish ayvoni   bunyod etildi,-deydi «Global vodiy biznes» MChJ ish yurituvchisi Rustamjon Umaraliev.

«Far Mohinur tekstil» MChJ rahbari M.Boboqulovning ta’kidlashicha, tikuvchilik tsexi yangi turar joyga ko’chib kelgan, ishlashga layo-qati bor nogironlar, ularning oila a’zolari va kam ta’minlangan oilalar farzandlari bandligini ta’min-lash maqsadida barpo etildi. Tsex Xitoydan keltirilgan zamonaviy tikuv mashinalari bilan jihozlandi. Ho-zirda 18 nafar xotin-qizlar ish boshlagan bo’lsa, kelgusida hunarmandlar soni 35 nafarga etkaziladi. Ishlab chiqariladigan kiyim-kechak mahsulotlari ichki bozorda sotiladi va eksportga yo’naltiriladi. Shu maqsadda tojikistonlik hamkorlar bilan kelishuvga erishilgan.

Tantanali tadbirdan so’ng jamoatchilik oldiga bayram dasturxoni yozilib, ehson oshi tortildi.

SURATLARDA: yangi turar joyning umumiy ko’rinishi hamda uy-joy bilan ta’minlangan Boburjon Bahodirjon o’g’li, Husanboy Ahmadjonov, Bunyodjon Tursunov, Mavludaxon O’rmonova va Ra’noxon Solieva oila a’zolari hamda yaqinlari bilan.