Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farmatsevtika korxonasi ish boshladi

×

 2018-05-07 11:49:58    2418

PDF yuklash
Chop etish


Keyingi yillarda barcha sohalarda bo’lgani kabi sog’liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida ham tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 noyabrdagi "Farmatsevtika tarmog’ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi farmoni hamda  O’zbekiston  Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining 2017 yil                     18 dekabrdagi "O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida" qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda keng ko’lamli amaliy ishlar bugun o’z samarasini ko’rsatmoqda

Farg’ona shahrida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 16 sentyabrdagi "2016–2020 yillarda respublika farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to’g’risida"gi qarori asosida farmatsevtika sanoatini jadal va barqaror rivojlantirish, ichki bozorni o’zimizda ishlab chiqarilgan sifatli va xavfsiz dori-darmon vositalari bilan to’ldirish, mahalliy xomashyo bazasini kengaytirish va import o’rnini bosadigan dori vositalari ishlab chiqarishni ko’paytirish, buning uchun xorijiy investitsiyalarni keng jalb etib, yangi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo’yicha "yo’l xaritasi" ishlab chiqilgan bo’lib, mazkur "yo’l xaritasi" loyihasi doirasida dori-darmonlarning yangi turlarini ishlab chiqish va yaratish hamda dori-darmonlarni ishlab chiqarish, standartlashtirish, xarid qilish va importni o’rnini qoplash kabi choralar belgilangan.

"Yo’l xaritasi" doirasida ishga tushirilishi rejalashtirilgan "Fergana farmatsevtikal" xorijiy sarmoya ishtirokidagi MChJda yuqori texnologiyalar asosida eksportbop inektsion va infuzion preparatlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi joriy yilning uchinchi choragida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo’l-sa, "Fergana invikta farm" MChJ tomonidan yuqori sifatli dori vositalari ishlab chiqarishni amalga oshirish ko’zda tutilgan edi. Ezgu maqsadlar yo’lidagi tizimli ishlar natijasi o’laroq, shaharning Guliston ko’chasida bunyod etilgan "Fergana invikta farm" MChJ o’z faoliyatini boshladi.

Korxonaning rasmiy ochilish marosimi katta tantanaga aylandi. Unda shahar hokimligi, huquq-tartibot organlari, tibbiyot va o’quv muassasalari mashul xodimlari, xalq dpeputatlari shahar Kengashi deputatlari, "Guliston" mahalla fuqarolar yig’ini faollari va keng  jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so’zga chiqqan sha-har hokimi Sh.Erkaboev mamlakatimizda, jumladan Farg’ona shahrida aholi sog’lig’ini tahminlash sohasida olib borilayotgan tizimli ishlarning barchasi inson salomatligi har narsadan ustunligiga ishora ekanligini tahkidlab, shahar hokimligi tomonidan fuqarolarning turmush darajasini oshirish, shu maqsadda sanoatni va tadbirkorlik faoliyatini yuqori sur’atda, jadal rivojlantirish, sifatli, raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish hajmlarini oshirish, o’z navbatida, yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlarga qisqacha to’xtalib o’tdi.

– Mazkur korxonada xalqimiz salomatligi uchun juda muhim bo’lgan sifatli va arzon narxlardagi dori vositalari ishlab chiqariladi,-dedi shahar hokimi Sh.Erkaboev. – Kelgusi bosqichda ishlab chiqarish hajmi yanada kengayib, qo’shimcha ish o’rinlari yaratiladi. Eng muhimi, xayrli ishga bel bog’lagan tadbirkorlarimiz o’zimizda ishlab chiqarilayotgan ishonchli dori vositalari bilan ichki bozorimizni to’ldiradi, qolaversa, ekport salohiyati oshiriladi. 

Shuningdek, tantanali marosimda "Fergana invikta farm" MChJ rahabari Sh.Mahmudov so’zga chiqdi. U Farg’ona shahrida tadbirkorlikni rivojlantirish va sifatli davlat xizmatlari ko’rsatish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini mamnuniyat bilan tilga oldi. Shahar hokimligi hamda daxldor tashkilotlar tomonidan soha vakillarini qo’llab-quvvatlash, tegishli tartibda ko’maklashish, shu jumladan tibbiy xizmatlar ko’lami va sifatini oshirishga hamda farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish masalasiga alohida ehtibor qaratilayotganini ta’kidladi.

– Loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 500 million so’mni tashkil etib, shundan 450 million so’mi "Asakabank" krediti hisobidan qoplandi. Korxonani ishga tushirish muddati joriy yilning uchinchi choragiga belgilangan bo’lsa-da, qurilish-montaj va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash ishlarini muddatidan oldin tugalladik. Loyihaning birinchi bosqichida 5 xil galen turdagi dori vositalari ishlab chiqariladi. Rejalashtirilganidek, hozirda 30 ta yangi ish o’rinlari yaratildi va asosan tibbiyot yo’nalishidagi kollej bitiruvchilarini ishga qabul qildik,-deydi mashu-liyati cheklangan jamiyat   rahabri Shuhratjon Mahmudov.

Farmatsevtika korxonasini 2019-2021 yillarda bosqichma-bosqich to’liq ishga tushirish rejalashtirilgan bo’lib, buning natijasida yiliga 3 million dona tabletka, 2,5 million dona kapsula, 3 million dona ampula shaklidagi dori vositalari va 2 million dona infuzion eritmalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. Loyiha uchun 300 000 AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish ko’zda tutilgan.

Shunisi e’tiborliki, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 50 foizini eksportga yo’naltirish belgilangan. Qo’shimcha ravishda yana 40 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi.

                 R.ORIPOV.