Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

O’zbekiston – Qirg’iziston: Madaniyat do’stlikka ko’prik bo’ldi

 2018-05-03 18:32:31    2592

PDF yuklash
Chop etish


O’zbekiston bilan Qirg’iziston chegaradosh davlatlar. Azaldan ikki xalqni boy do’stona qadriyatlar bog’lab turadi. Tili va dini bir, tarixi, urf-odat va anoanalari, madaniyati mushtarak qardosh xalqlar bir ariqdan suv ichadi. Qirg’i-zistonda o’zbeklar, O’zbekistonda qirg’izlar totuvlikda umrguzaronlik qilmoqda, quda-andalik orqali qon-qarindoshlik rishtalari bog’lanib ketgan.

Bugunga kelib bu ko’hna qadriyatlarimiz yanada sayqal topmoqda. Ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli o’zaro aloqalarimiz mohiyatan yangicha shakl va mazmun kasb etmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda bu borada misli ko’rilmagan o’zgarishlar yuz berdi. Xalqlarimiz manfaatlari yo’lida  ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga ko’tarildi. O’zaro ishonch asosida mustahkamlanayotgan munosabatlarimizni Qirg’iziston Respublikasi Prezidenti Sooranboy Jeenbekov ilk xorijiy davlat tashrifini O’zbekistonga amalga oshirgani ham yaqqol tasdiqladi.

Prezidentimiz Shavkat  Mirziyoev taokidlaganidek, o’zbek xalqi Qirg’iziston Respublikasi Prezidenti   Sooranbay Jeenbekovning yangi Prezident sifatida ilk xorijiy tashriflaridan birini O’zbekistonga amalga oshirganini yuksak qadrlaydi. Biz buni mamlakatlarimiz o’rtasidagi do’stlik, yaxshi qo’shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga bo’lgan qatoiyat ifodasi sifatida qabul qilamiz.

Haqiqatan ham, davlatlarimiz rahbarlarining saoyi harakatlari, ko’plab masalalar bo’yicha ham- fikrligi, hamkorlikka intilishining mushtarakligi tufayli barcha sohalarda amaliy kelishuvlarga erishildi.

Prezidentimiz Sh.Mir-ziyoev o’zaro munosabatlar haqida fikr bildirar ekan, "Ikki davlat hududlari darajasida uzoq istiqbolga mo’ljallangan va o’zaro manfaatli hamkorlik mexa- nizmlari ishga tushirildi. Madaniy-gumanitar almashinuv sezilarli ravishda  faollashdi, Qirg’izistonda O’zbekiston madaniyati va san’ati kunlari, shuningdek ushbu sohada qator qo’shma tadbirlar o’tkazildi. Eng muhimi, bularning barchasi xalqlarimiz manfaati va orzu-istaklariga to’la ham-ohang bo’lib, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, bar-qarorlik va xavfsizlikni taominlashga salmoqli hissa qo’shmoqda", deb taokid-lab o’tgan edi.

Shuni alohida e’tirof etish kerakki, qisqa vaqt ichida davlatlar o’rtasida yaxshi qo’shnichilik aloqalari yo’lga qo’yildi. Bundan maqsad esa barchamizga ayon: ikki qardosh xalq, ikki davlat o’rtasida hamkorlik va yaxshi qo’shnichilik, o’zaro hurmat hamda teng huquqlilikka asoslangan do’st-lik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

O’zbekiston Respublikasi va Qirg’iziston Respublikasi o’rtasidagi madaniy-ma’naviy hamkorlik hamda Farg’ona shahar hokimligi va Botken shahri meriyasi o’rtasidagi o’zar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi kelishuv doirasida joriy yilning 17-20 aprel kunlari Qirg’iziston Respublikasining Botken shahrida BMTning YuNISEF tashkiloti hamkor-ligida tashkil etilgan "Madaniyat – do’stlik ko’prigi" shiori ostidagi bolalar festivali, oldindan bo’lsada e’tirof etish lozimki, o’zbek va qirg’iz xalqlari anoana-lari, madaniyati va qadriyatlari mushtarakligini amalda namoyon etdi. Mazkur yosh talantlar festivalida 6 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan yuksak isteodod sohiblari ishtirok etdi.

O’zbekiston delegatsiyasi Botken viloyatining Qadamjoy shahrida viloyat rahbarlari, madaniyat xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, o’quv-chi yoshlar tomonidan non-tuz, turfa gullar hamda qirg’iz folpklor guruhining milliy qo’shiqlari bilan kutib olindi. Xuddi shunday tantanali kutib olish marosimi Botken shahrida ham bo’lib o’tdi. O’zbekistonlik mehmonlarni Qirg’iziston Respublikasi hukumatining Botken viloyati bo’yicha muxtor vakili A.Xalmurzaev, Botken shahar meri M.Rahimov, festival direktori, shahar madaniyat bo’limi rahbari R.Badalov hamda YuNISEF vakillari, madaniyat va san’at namoyandalari, maktab o’quvchilari va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari xush tavoze, samimiy takalluflar bilan kutib olishdi.

Diydorlashuv onlarida qardosh xalqlar o’rtasidagi ko’p asrlik do’stlik va yaxshi qo’shnichilik rishtalarining qayta tiklangani hamda barcha sohalarda o’zaro hamkorlikning yo’lga qo’yilgani har ikki davlat fuqarolari uchun ham manfaatli ekanligi qayta-qayta tilga olindi. Ta’kidlandiki, xalqlarimiz o’rtasidagi milliy munosabatlarda azaliy do’stona mehr-oqibat, o’zaro xayrixohlik, ishonch va samimiyat     yana o’z aksini topdi. 

Tashrifning dastlabki kuni O’zbekiston delegatsiyasini Botken Mamlakat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor A.Zulpuev qabul qildi.

Universitet prorektorlari, fakulptetlar dekanlari hamda professor-o’qituvchilar ishtirokidagi qabul chog’ida dastlab oliy ta’lim maskani tarixiga oid videorolik namoyish etildi. So’ngra oliygoh rektori A.Zulpuev universitetning bugungi hayoti, o’quv-ilmiy faoliyati, kadrlar salohiyati, uning joylardagi filiallari hamda moddiy-texnik bazasi haqida batafsil gapirib berdi.

– Bugun unutilmas voqeaning guvohi bo’lib turibmiz, -dedi Abdivap Momunovich.    – Farg’onalik qardoshlarimiz universitetimizga birinchi marta tashrif  buyurishdi. O’ylaymanki, bundan keyin o’zaro munosabatlarimiz yanada kengayadi, bizga yon qo’shni bo’lgan hamkasblarimiz bilan har tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yamiz.

Shuningdek, o’quv ishlari bo’yicha prorektor G.Musurmanova ta’lim jarayonlari, talabalarga yaratilgan sharoitlar va ular erishgan yutuqlar xususida ma’lumot berib o’tdi.

Samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirgan Farg’ona shahar hokimi o’rinbosari Sh.Polvonov mamlakatimizning yoshlarga oid davlat siyosati hamda kelajak egalarining zamon talablari asosida ta’lim-tarbiya olishlariga qaratilayotgan yuksak e’tibor, shu jumladan, viloyat markazida joylashgan oliy o’quv yurtlari, ularning ixtisoslashuvi va malakali kadrlar tayyorlashdagi nufuzi haqida gapirib berdi.

O’zaro savol-javoblar chog’ida ilm-fan salohiyatiga oid tushunchalar berildi.

A.Jaynakov nomli viloyat musiqali drama teatrida boshlangan "Madaniyat do’stlik ko’prigi" shiori ostidagi talantli bolalar festivali haqiqiy bayram tusini oldi. Dastlab ishtirokchilar qirg’izistonlik yosh mo’yqalam ustalari ijodiga mansub tasviriy san’at namunalari ko’rgazmasi bilan tanishdilar. So’ngra katta madaniy tadbirning rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Botken shahar meri M.Rahimov festivalni ochib, keyingi yillarda O’zbekiston va Qirg’iziston davlatlari o’rtasidagi yaxshi qo’shnichilik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini takidladi. Azaldan o’zbek va qirg’iz xalqlari madaniyati, an’analari va qadriyatlari mushtarakligini, bu jihatlar madaniy-gumanitar aloqalar rivojida muhim omil bo’layotganini aytib o’tdi. Jumladan, Navro’z bayrami arafasida Botken viloyati delegatsiyasining Farg’ona viloyatiga do’stlik safari tashkil etildi.

Shahar meri mazkur festival do’stlik-birodarlik, madaniy-maorifiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun xizmat qilishiga, sanatga oshufta yosh avlod vakillarining poyqadamlari qutlug’ kelishiga, ularning samimiyatga to’la salomlari ezgu niyatlarga poyandoz bo’lishiga ishonch bildirdi.

So’zga chiqqan Farg’ona shahar hokimi o’rinbosari Sh.Polvonov O’zbekiston Respublikasi o’z tashqi siyosatida, avvalo, qo’shni davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratayotganini mamnuniyat bilan tilga oldi. Mamlakatimiz va Qirg’iziston o’rtasidagi sheriklik aloqalari faollashayotgani buning yorqin dalilidir. Xususan, Qirg’iziston Respublikasi bilan hamkorlik yangi mazmun bilan boyib bormoqda. Parlamentlar, turli vazirlik va idoralar, hududlar o’rtasida aloqalar tobora kengaymoqda. O’zbek va qirg’iz xalqlari madaniyati va qadriyatlari mushtarakligi o’zaro hamkorlik aloqalari rivojida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekistonda qirg’iz tili va madaniyati, Qirg’izistonda o’zbek tili va madaniyatini o’rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

– Joriy yilda Qirg’iziston teatr namoyandalari Farg’ona vodiysida, o’zbekistonlik san’at ustalari O’sh, O’zgan, Aravon, Novqat, Qorasuv, Jalolobod shaharlarida ijodiy safarda bo’ldi. Qirg’izistonda O’zbekiston madaniyati kunlari o’tkazildi,-dedi Sh.Polvonov. – Davlatlar rahbarlarining kelishuviga binoan O’zbekistonda Qirg’iziston madaniyati kunlari bo’lib o’tadi. Shu bilan birga,           2018 yilda xalqlarimiz atoqli qirg’iz adibi Chingiz Aytmatovning 90 yillik yubileyini keng nishonlaydi.

Quvonch bilan e’tirof etish kerakki, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yo’lidagi ulkan xizmatlari uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qirg’izistonning "Danaker" ordeni bilan mukofotlandi. Yuksak davlat mukofotlaridan bo’lgan ushbu orden xalqlar o’rtasida tinchlik, do’stlik va hamkorlikni mustahkamlashga, millatlararo totuvlikni asrash, ilmfanni rivojlantirish, milliy madaniyatlarni yaqinlashtirish va boyitishga katta hissa qo’shgan insonlarga beriladi. Zero, Danaker – yarashtiruvchi degan ma’noni anglatadi. Mukofot davlatimiz rahbarining O’zbekiston – Qirg’iziston munosabatlarini rivojlantirish, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o’rtasidagi do’stlik, yaxshi  qo’shnichilik aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash yo’lidagi xizmatlarining yuksak e’tirofi deb bilamiz.

Bu jarayonlarga munosabat bildirar ekan, Qirg’iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov "Ko’p asrlik anoanaviy do’stlik, yaxshi qo’shnichilik, qardoshlik aloqalari, shuningdek ma’naviy va madaniy qadriyatlar mushtarakligi bugungi Qirg’iziston – O’zbekiston munosabatlarining mustahkam asosidir", deya ta’kidlab o’tgan edi.

O’z navbatida, Shavkat Mirziyoevning "Qirg’iziston va O’zbekiston munosabatlarida chegara bo’lmasligi kerak", degan fikrlari so’zning asl ma’nosida emas, munosabatlardagi barcha yo’nalishlarda chegara bo’lmasligini anglatadi. "Siyosiy iroda va aniq amaliy qadamlar tufayli ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga ko’tarib, o’zaro ishonchga mustahkam zamin yaratdik", deb ta’kidlaydi Prezidentimiz chuqur mamnuniyat bilan.

Tan olish kerak, O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasidagi munosabatlar mintaqadagi boshqa davlatlar va MDH mamlakatlari uchun andoza bo’la oladi.

Bugungi tashrifimiz ham xalqlarimizni asrlar davomida o’zaro hurmat va ishonch rishtalari o’zaro bog’lab kelganligining yana bir isbotidir. Bir necha kun bu ko’hna zaminda bo’lib o’tadigan "Madaniyat – do’stlik ko’prigi" shiori ostidagi talantli bolalar festivali, qalblari beg’ubor, niyatlari pok, yuz-ko’zlaridan nur yog’ilib turgan farzandlarimiz, hech shubhasiz, ikki qalbdosh xalq o’rtasidagi madaniy aloqalarning yanada ravnaq topishida mustahkam ko’prik bo’lib xizmat qiladi.

Tabrik uchun so’z olgan YuNISEFning Qirg’iziston Respublikasidagi doimiy vakili Yukie Mokuo butun dunyoda do’stlik qadrlanishini va aynan mazkur festival ikki qardosh xalqlarning qadimiy do’stligini yanada mustahkamlashga munosib hissa qo’shishini bildirdi.

– Bolajonlar, sizlar do’stlik va tinchlik elchilarisiz, agar sizlar bu ikki ne’matni qadrlasangizlar, uni hech kim buzishga juroat eta olmaydi,-dedi Yukie Mokuo xonim.

Shuningdek, Qirg’iziston Respublikasi madaniyat, axborot va turizm vazirligining Botken viloyatidagi maxsus vakili, festival hakamlar hay’ati raisi A.Xodjaeva, farg’onalik madaniyat xodimi, hakamlar hay’ati a’zosi B.Mo’minov samimiy tilaklarini izhor etishdi.

Festival qirg’izistonlik yosh iste’dod sohiblarining "Manas" eposidan parcha – "Qirg’iz eri" qo’shig’ini kuylashlari bilan boshlandi. So’ngra "Aydanak" va "Oltin beshik" guruhlari "Kapalak" raqsini ijro etishdi. "O’rikzor" nomli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining shirin kalom qo’shiqlari, "Oymunchoq" ansamblining raqslari tadbirni davom ettirdi.

Farg’ona viloyat madaniyat va aholi dam olish markazi direktori T.Sheralieva rahbarligidagi festival ishtirokchilari tarkibida "Alyor" xalq akademik vokal ansambli, "Solnishko" bolalar namunali xoreografik raqs ansambli,  "Go’zal" bolalar namunali raqs jamoasi hamda bolalar maqom ansambli bor edi. Festival davomida birin-ketin sahnaga chiqqan yurtdoshlarimiz kichkintoylarga xos sho’x-shodon qo’shiq va raqslari, o’zbek va qardosh xalqlar milliy qo’shiqlari, mumtoz ashulalarni maromiga etkazib ijro etdilar.

Akmaljon Mahkamov rahbarligidagi "Alyor" xalq akademik vokal ansambli ijrosidagi "Mehnat alyori", "O’zbekiston" qo’shig’i, Gulbahor Sharopova rahbarlik qilayotgan "Solnishko" bolalar namunali xoreografik raqs ansamblining "Farg’onacha raqs", qirg’iz va rus xalqlari raqslari, Shirin Amanova bosh bo’lgan "Go’zal" bolalar namunali raqs jamoasining "Buxoracha raqs"i, ozarbayjon xalq raqsi, Ahmadjon Abdurahimov rahbarligidagi bolalar maqom ansambli ijrosidagi "Ona", "Izlarman", "Dutorim" kabi ashulalar ko’p-mingsonli tomoshabinlar olqishiga sazovor bo’ldi. Ayniqsa, Sadoqat Rahmonova, Sodiqjon Soliev, Roman Babayants, Jamoliddin Alijonov, Shukronabonu Odilova, G’ayrat Hoshimov kabi isteodod egalarining chiqishlari qalblarga ko’tarinkilik, bayramona shukuh baxsh etdi.

Shuningdek, Qirg’iziston san’ati namunalarini sahnaga olib chiqqan "Oltin bolalik", "Aygul tog’", "Edelp-veys", "Mo’l buloq" bolalar ansambllari hamda Mansabek o’g’li Tinchtikbek, Emil o’g’li Adilet, Janibek o’g’li Adilet, Qubanichbek o’g’li Mirlan, Kurmanbek o’g’li Akjol, Ayimtilla Kenjeeva, Eliza Botobekova kabi yosh ijrochilarning chiqishlari ko’pchilikda katta taassurotlar qoldirdi.

– Festival kutilganidan ziyoda o’tdi,-deya samimiy fikrlarini bildirdi Farg’ona viloyat madaniyat va aholi dam olish markazi direktori Tatryana Sheralieva. – Har ikki xalq farzandlari san’atga qanchalik oshufta ekanliklarini yuksak ijro bilan ko’rsata olishdi. Shogirdlarimizning qirg’izistonlik tengdoshlaridan har tomonlama ustunligini tashkilotchilar tan olishdi. O’z navbatida, men ham mezbonlarning bolalar raqs ansambli va Azizbek Kanibekovning milliy cholg’u asbobida aytgan "Qir-g’izistonim" qo’shig’ini yuqori baholayman. Eng muhimi, bolajonlarimiz bir-birlari bilan tanishib, do’stlashib oldi. Haqiqatan ham, madaniyat, san’at do’stlik ko’prigi ekanligini bugungi tadbir yana bir bor isbotladi.

Yosh talantlar festivali hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko’ra, to’rt yo’nalishning uchtasida eng oliy o’rinlarni yurtdoshlarimiz qo’lga kiritdi. Jumladan, oliy o’rin – Gran priga akademik vokal yo’nalishida Sadoqat Rahmonova, raqs yo’nalishda "Solnishko" bolalar namunali xoreografik raqs ansambli, xalq qo’shiqlari yo’nalishida  "Alyor" xalq akademik vokal ansambli sazovor bo’ldi.

Yo’nalishlar bo’yicha faxrli ikkinchi o’rinlarga Roman Babayants, "Go’zal" bolalar namunali raqs jamoasi, bolalar maqom ansambli loyiq deb topildi. Shuningdek, Shukronabonu Odilova xalq qo’shiqlari yo’nalishida sovrindor sifatida tan olindi.

Barcha ishtirokchilarga maxsus diplomlar va esdalik sovg’alarini Botken shahar meri M.Rahimov hamda Farg’ona shahar hokimi o’rinbosari Sh.Polvonov tantanali ravishda topshirdilar.

– O’zbekistonlik yosh raqqosalarning chiqishlari, milliy kiyimlari menga juda yoqdi,-deydi Botken shahar madaniyat uyi bolalar raqs  ansambli aozosi Aysanam  Nazarova. – Ravshana ismli tengdoshim bilan do’stlashdim. U menga O’zbekiston to’g’risida, yoshlarning isteododlarini ro’yobga chiqarishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida gapirib berdi. Rosti unga havasim keldi.

– Biz festival davomida qirg’iz madaniyati va san’ati namunalaridan bahramand bo’ldik, shu bilan birga, do’stlar orttirdik. Qirg’izistonlik Aysulu, Ilyos ismli yosh iqtidor egalari bilan san’atga kirib kelishimiz, ustozlarimiz, erishgan muvaffaqiyatlarimiz, mazkur tadbirdan olgan taassurotlar haqida fikrlashdik. Bizning qarashlarimiz, orzu-niyatlarimiz farq qilmas ekan, madaniyat va san’at millat tanlamasligiga ishonch hosil qildim deydi Roman Babayants.

Tashrif doirasida talantli yurtdoshlarimiz uchun Botken tumanidagi tog’ yonbag’riga – "Aygultosh" botanik qo’riqxonasiga, bahavo "Muz buloq" dam olish maskaniga sayohat uyushtirildi. Tabiatga mehrlari baland bolajonlar alohida muhofazaga olingan nafis aygul nomli tog’  guli chiroyidan bahramand bo’ldilar. Shuningdek, ular Botken shahrining diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi, so’lim maskanlarda madaniy hordiq oldilar.

Xulosamiz shuki, Qirg’iziston Respublikasining Botken shahrida tashkil etilgan "Madaniyat – do’stlik ko’prigi" shiori ostidagi yosh talantlar festivali o’zbek va qirg’iz xalqlari, ikki davlat orasidagi azaliy do’stlik va o’zaro hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Zero, nafaqat qirg’iz xalqining, balki butun dunyoning sevimli yozuvchisi, mashhur adib Chingiz Aytmatov tili bilan aytganda, "Xalqlarimizning qoni bir, tili bir".