Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Nomzodlarga rozilik bildirildi

 2018-03-09 21:07:09    1957

PDF yuklash
Chop etish


Qonun ustuvor yurtda adolat hamisha muqarrar bo’ladi. Jumladan, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, mamlakatimiz sud-huquq tizimida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ma’lumki, sudpyalikka nomzodlarni tanlash hamda lavozimga tayinlash tizimini tubdan takomillashtirish, yuqori malakali sudpyalar korpusini shakllantirish maqsadida yangi konstitutsiyaviy organ – O’zbekiston Respublikasi Sudpyalar oliy kengashi tashkil etildi. Mamlakatimiz tarixida ilk bor sudpya lavozimiga muddatsiz tayinlash amaliyoti joriy qi-lindi.

Farg’ona shahar hokimligi majlislar zalida bo’lib o’tgan yig’ilishda sudpyalik lavozimiga tayinlanayotgan nomzodlarga jamoatchilikning roziligi olindi.

Yig’ilishni olib borgan sha-har hokimining birinchi o’rinbosari U.Karimov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning shu yil 13 iyun kuni sudpyalar korpusi vakillari bilan bo’lgan uchrashuvda ta’kidlab o’tgan sud-huquq tizimidagi ustuvor vazifalarga hamda soha xodimlarining kasbiy faoliyatiga oid bildirgan fikrlariga atroflicha to’xtalib o’tdi.

 Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Sudpyalar oliy kengashi a’zosi D.Abdusattorov jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona viloyat sudining sudpyalari lavozimiga munosib deb topilgan nomzodlar Vaxobov Tojidin Sharofidinovich, Arapov Rahmatjon Ergashovich, sudpyalik lavozimiga ilk bor tayinlanayotgan nomzodlar Umarov Shoyadjon Hayotjonovich, Xo’jamberdiev Jamshid Abduhamidovich, Fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining sudpyasi lavozimiga nomzod Jo’raev Elbek Mamurovichning tarjimai holi, ma’naviy-axloqiy, kasbiy fazilatlari haqida ma’lumot berib o’tdi.

Farg’ona shahar jamoatchiligi sudpyalikka tayinlanayotgan nomzodlar haqida ijobiy fikr-lar bildirishdi va ular nomzodini qo’llab-quvvatladilar.

Nomzodlar o’zlariga bildirilgan ishonchni halol mehnatlari va adolat mezonlariga tayangan holda oqlashlarini ta’kidlashdi.