Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Tantanali yig’ilish
2017-12-07 18:49:45 2062
Vatanimiz va o’zbek xalqi hayotidagi qutlug’ sana, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 25 yilligi munosabati bilan "Kimyogar" madaniyat saroyida Farg’ona shahar hokimligi tomonidan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda hokimlik va boshqaruv idoralari, huquq-tartibot organlari mas’ul xodimlari, korxona-tashkilotlar, o’quv muassasalari rahbarlari, ma’naviyat va madaniyat xodimlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlari vakillari va shahrimiz mehmonlari ishtirok etdi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan ochilgan tantanali yig’ilishda Farg’ona shahar hokimi Sh.Erkaboev so’zga chiqdi.
Shahar hokimi barchani O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayrami bilan samimiy muborakbod etish barobarida, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat sifatida ifoda etilgan Asosiy Qonunimizning davlat, jamiyat va har bir fuqaro hayotidagi tamoyillariga to’xtalib o’tdi.
O’zbekistonning tarixan qisqa yillardagi taraqqiyot yo’lida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch va pirovard maqsadimiz bo’lmish obod va farovon hayot barpo etish hamda mustaqil mamlakatimizning xalqaro maydonda munosib o’rin egallashida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning joriy yilni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e’lon qilishi, bu yo’nalishda qabul qilingan davlat dasturi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etilgani, fuqarolarning har bir murojaati e’tiborsiz qolmayotgani zamirida ham Konstitutsiyamizning qator moddalarida mustahkamlab qo’yilgan kafolatlar o’z aksini topayotgani haqida fikrlar bildirdi.
Yig’ilishda jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona shahar sudi raisi Sh.Xashimov O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida ma’ruza qildi. U mustaqilligimizning huquqiy kafolati, bugungi tinch-osoyishta kunlarimiz va kelajakdagi orzu-intilishlarimiz poydevori hisoblangan Konstitutsiyamiz tamoyillari asosida ijtimoiy-siyosiy hayotimizda erishilgan yutuqlarga, Bosh Qomusimizning inson sha’ni, huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida mustahkamlagan qoidalariga, yildan-yilga qadr topayotgan millatlararo totuv-likni ta’minlashdagi asoslariga, sohalarda, shu jumladan sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga batafsil to’xtaldi.
Tantanali ma-rosimda shahar hokimi Sh.Erkaboev demokratik islohotlarni amalga oshirish hamda o’z faoliyati va jamoat ishlaridagi faolligi, sog’lom avlodni voyaga etkazish va barkamol insonlarni tarbiyalashdagi fidoyiliklari, shuningdek joylarda jinoyatchilikning oldini olishdagi samarali xizmatlari uchun bir guruh xodimlarga shahar hokimligining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alarini topshirdi.
Viloyatimiz va shahrimiz san’at ustalari tomonidan tayyorlangan katta kontsert dasturi ishtirokchilarga bayramona kayfiyat baxsh etdi.
SURATLARDA: (yuqorida) shahar hokimi Sh.Erkaboev shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig’i H.Mamadjonovni shahar hokimligining Faxriy yorlig’i bilan rag’batlantirmoqda; (pastda) bayram tantanasi ishtirokchilari.