Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir
2017-11-29 19:19:58 2001
Farg’ona shahridagi Ofitserlar uyida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 25 yilligiga bag’ashlab «Konstitutsiya – jamiyat hayotining poydevori» mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. Unda Sharqiy harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qismlar ofitserlari va askarlari ishtirok etdi.
Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi sudyasi F.Qayumov, Farg’ona harbiy sudi raisi Sh.Do’saliev, Farg’ona harbiy prokurori M.Rahmonov, viloyat hokimligining bosh yuriskonsulti M.Topvoldiev mavzu bo’yicha ma’ruza qildilar.
– O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqilligimizning huquqiy kafolati va Asosiy Qonuni, jamiyat hayotining poydevori, mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik va yildan-yilga qadr topayotgan millatlararo totuvlikning asosidir,-deydi Shaxsiy harbiy okrugi qo’mondonligi shaxsiy tarkib bilan ishlash bo’limi boshlig’i B.Pardaev. – Konstitutsiyamiz o’zida xalqimizning xohish-irodasini, ruhiyatini, iqtisodiy-ijtimoiy huquqlarini, burch va va majburiyatlarini aks ettiradi. 125-moddada «O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O’zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi» deb belgilangan.
Darhaqiqat, har tomonlama rivojlangan, zamonaviy qurol-aslaha va texnikalar bilan ta’minlangan Qurolli Kuchlarimiz hamda jismonan va ma’nan barkamol mard o’g’lonlarimiz ona Vatanimiz sarhadlarini, elu yurtiimz tinchligini ko’z qorachig’idek asrab-avaylab kelmoqdalar.