Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

RADDIYA...

×

 2024-10-02 15:48:49    14128

PDF yuklash
Chop etish



Ijtimoiy tarmoq orqali “Hozirgina qo’shnimnikiga 17 ta tikuv mashinasini tashlab ketishibdi” sarlavhasi ostida habar tarqaldi.

Xabarda “qo’shnimdan so’rasam, uning nomiga subsidiya asosida bank va hukumat mas'ullari tomonidan o’zining xabari yo’q tikuv mashinasi olingan. Farg’ona viloyat departamentida ishlovchi bir yaxshi xodim tufayli talon-tarojliklar qilingani aniqlangan va mashinalarni uzr sifatida tashlab ketishibdi” deyiladi.

Tarqalgan ma'lumot Farg’ona shahar Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi tomonidan o’rganildi.

Xabar muallifi Oydiniso Alimova va qo’shnisi sifatida e'tirof etilayotgan (xabarda 17 ta tikuv mashinasi qabul qilib olgan deyilgan) Layloxon Zayniddinovaning xonadonida o’rganish o’tkazildi. O’rganishlar natijasiga ko’ra, unga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.05.2022 yildagi 252-son qaroriga asosan fuqaro Z.L. tadbirkorlik va o’zini o’zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan ishsiz, shu jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaro bo’lganligi sababli, unga kerak bo’lgan 1 (bir) dona tikuv mashinasi mehnat quroli sifatida subsidiya asosida berilgan.

Yolg’on xabar tarqatilgani kundak ravshan. 






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram