Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HAMKORLIKDAGI TADBIRLAR
2024-09-11 17:19:40 2012
file:///C:/Users/User/Desktop/photo_2024-09-09_12-49-58.jpg
file:///C:/Users/User/Desktop/photo_2024-09-09_12-49-58%20(2).jpg
file:///C:/Users/User/Desktop/photo_2024-09-09_12-49-58%20(3).jpg
O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda Ichki ishlar vazirligi JXD YHXX o’rtasida Qo’shma ko’rsatma tasdiqlanib, yo’l harakati qoidalarini buzganlik uchun qo’llanilgan ma'muriy jarimalarni undirish bo’yicha hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, hamkorlikdagi Farg’ona shahrida o’tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida Marg’ilon shahrida yashovchi fuqaro D.N.ga tegishli bulgan 51 ta muddati o’tgan ma'muriy jarimalar o’z vaqtida to’lamagan va tadbir davomida ham to’lashdan bo’yin tovlagaligi sababli "MUSTANG" avtotransport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchalariga joylanib, Byuro organlari tomonidan kelgusida undiruvlarni ushbu mulkga qaratilishi tushuntirildi.
Bundan tashqari, reyd tadbirlari davomida tegishli organlar tomonidan qidiruv e'lon qilingan 6 ta avtotransport vositalari aniqlanib, jarima maydonchalariga vaqtincha saqlash uchun joylashtirilgan.