Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING JORIY YIL 11-12 IYUL KUNLARI FARG’ONA VILOYATIGA HUDUDIGA TASHRIFI DAVOMIDA BERILGAN TOPSHIRIQLARI YUZASIDAN FARG’ONA SHAHAR HOKIMI V.NAZAROVNING SHAHAR XALQIGA MUROJAATI
2024-07-23 09:22:43 1496
Assalomu alaykum hurmatli shahrimiz fuqarolari!
Davlatimiz rahbarining joriy yil 11-12 iyul kunlari hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan yirik bunyodkorlik ishlari bilan tanishish, yangi yirik loyihalarga start berish yuzasidan Farg’ona viloyatiga tashrifi davomida bizga yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi.
Muhtaram Prezidentimiz raisligida o’tkazilgan faollar yig’ilishida Farg’ona viloyatini, xususan Farg’ona shahrini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilib, qator mas'uliyatli topshiriq va vazifalar berildi.
Shahar aholisi 323 mingga yaqinlashganini inobatga olib, hududda salohiyatli tadbirkorlar ko’pligi, imkoniyat ham, sharoit ham keragidan ortiqligi, agar to’g’ri yondashuv va tizimli ishlar tashkil etilsa, investitsiya, ishlab chiqarish, ish o’rni va eksportni karrasiga oshirish mumkinligi ko’rsatib o’tildi.
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha alohida dastur ishlab chiqildi.
Tasdiqlangan dasturga asosan, shahardagi “O’rmonchilar” mahallasida 16,3 gektarda joylashgan faoliyati to’xtatilgan sobiq karer hududida kichik sanoat zonasini tashkil etiladi. YEr maydonlarini 1 gektardan lotlarga bo’lib, 16 ta sanoat yo’nalishida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
“Surxtepa” mahallasida viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi balansidagi sobiq “Viloyat nogiron bolalar reabilitatsiya markazi” o’rnida tadbirkor tomonidan sihatgoh tashkil etish loyihasi amalga oshiriladi. Tashabbuskor tadbirkor tomonidan mazkur joyda 30 mlrd so’mlik loyihani amalga oshirish, 230 ta yangi ish o’rinlari yaratish, byudjetga qo’shimcha 1 mlrd so’m tushum tushirish imkoniyati yaratilishi bildirilgan.
Qo’shimcha ravishda, “Surxtepa” mahalla fuqarolari yig’ini hududidan oqib o’tgan tabiiy soy qirg’oqlarida ko’ngilochar markaziy gastronomik ko’cha tashkil etiladi. Bu ko’chada dastlabki hisob-kitoblar bo’yicha 86 ta yangi xizmat ko’rsatish shaxobchalari tashkil etiladi. Ushbu kompleks to’liq ishga tushishi natijasida 250 dan ziyod yangi ish o’rinlari yaratilishi ta'minlanadi. Mahalliy byudjetga qushimcha 1,0 mlrd so’m mablag’ tushadi.
Shaharning “A.Qodiriy” mavzesida joylashgan umumiy maydoni 0,52 gektarni tashkil etuvchi sobiq “Dehqon bozori” negizida “Eko bozor” tashkil etiladi. Natijada, yillik 20 mlrd savdo xajmi, 100 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi, byudjetga qo’shimcha 1,0 mlrd so’m qo’shimcha tushum tushurish imkoniyati yaratiladi
Shahardagi “Ekoshahar” va “Sanoatchilar” kichik sanoat zonalari faoliyatini namunali yo’lga qo’yiladi, bo’sh turgan 16,5 gektar yer maydonlari auktsionga chiqariladi hamda yangi tashabbuskorlar jalb etiladi. Joriy yil yakuniga qadar 12 ta 1,1 trln so’m qiymatidagi loyihalarni amalga oshirish hisobiga 1 100 dan ortiq ish o’rinlari yaratiladi.
Barpo etilgan “Yangi O’zbekiston” massivi hamda unga yondosh Ilg’or MFY hududi o’rtasida joylashgan 2,5 gektar bo’sh yer maydonlari negizida namunaviy loyihalar asosida 1 ta bozorcha hamda 3 qavatli 40 ta savdo va xizmat ko’rsatish ob'ektlari faoliyati yo’lga qo’yiladi.
Ushbu kompleks to’liq ishga tushishi natijasida 250 dan ziyod yangi ish o’rinlari yaratilishi ta'minlanadi. Mahalliy byudjetga qushimcha 1,0 mlrd so’m mablag’ tushadi.
Ekoshahar va Harbiy poligon (o’quv mashq maydoni)ga yondosh hududdan chet el investitsiya mablag’lari hisobiga Xitoyning Rongjiang sarmoya guruhi tomonidan 200 mln dollar investitsiya mablag’lari hisobidan 20 gektar yer maydonida Logistika markazi, 30 gektar yer maydonida Qurilish materiallari bozori barpo etiladi. Natijada 500 ta ish o’rinlari yaratiladi.
Bundan tashqari, shahar markazida sobiq Amfiteatr va Yoshlar markazi maydoni negizida yirik investitsion loyiha – Biznes-markaz, 5 yulduzli mehmonxona va savdo majmuasi qurish loyihasi amalga oshiriladi.
Loyiha Xitoyning Baishan Zhongtian Development kompaniyasi tomonidan amalga oshirilishi natijasida 50 mln dollar investitsiya mablag’lari o’zlashtiriladi, 125 ta ish o’rni yaratiladi.
“Oybek” MFY Tadbirkorlar ko’chasi shahar markazida Markaziy Dehqon bozoriga yondosh hududda joylashgan. Tadbirkorlar ko’chasi yo’l yoqasida 1 qavatli 207 ta aholiga tegishli yakka tartibdagi turarjoylar mavjud bo’lib, ushbu turarjoylarni rekonstruktsiya qilish yo’li bilan namunaviy loyiha asosida 2 qavatli - 1-qavati savdo va xizmat ko’rsatish shahobchalari, 2-qavati turar joylarni tashkil qilish ishlarini boshlaymiz. Ushbu kompleks to’liq ishga tushishi natijasida 500 dan ziyod yangi ish o’rinlari yaratilishi ta'minlanadi. Mahalliy byudjetga qushimcha 500,0 mln so’m mablag’ tushadi
Davlat rahbari belgilab bergan yangicha tizim asosida ish olib borib, tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o’tkazib, ularning muammolarini hal etish, qo’shimcha imkoniyatlarini ishga solish orqali joriy yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 12,3 trln so’mga (105,8 foiz) yetkaziladi.
Davlatimiz rahbari dunyodagi hozirgi o’ta murakkab sharoitda jahon bozorlariga yangi yo’l ochish, investitsiya olib kelish bo’yicha aniq vazifalar belgilab berdilar.
Shundan kelib chiqib umumiy qiymati 266 mln dollarlik 76 ta loyihalarni shakllantirib olindi va ularni yil yakuniga qadar to’liq ishga tushirilishi ta'minlanadi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan eksportyor korxonalarni qo’llab quvvatlashi natijasida shaharda 2023 yilda 47,1 mln. dollar eksport qilingan bo’lsa, joriy yil yakunida bu ko’rsatkichni 95 mln. dollarga yetkaziladi.
Aholi daromadlarini oshirish, kambag’allikni qisqartirish maqsadida yil yakuniga qadar 4 635 nafar aholi bandligi ta'minlanadi, jumladan:
investitsiya loyihalarini ishga tushirish hisobiga – 1 493 ta;
xizmat ko’rsatish sohasida – 2 021 ta;
qishloq xo’jaligi sohasida – 697 ta;
qurilish sohasida – 427 ta aholi bandligi ta'minlanadi.
Aholini kambag’allikdan chiqarish va daromadini oshirish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshiriladi, jumladan:
har bir mahallada yil yakuniga qadar 20 tadan jami 1 461 ta (qiymati 48 mlrd.so’m) mikroloyihalarni amalga oshirish hisobiga 2 105 nafar aholi bandligini ta'minlanadi.
Shuningdek, 13 285 ta o’zini-o’zi band qilish, 615 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik, 400 ta yangi korxonalar tashkil etiladi;
joriy yil yakuniga qadar 26,7 mlrd.so’m (“Biznesni rivojlantirish banki”, “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi hamda “Biznesga birinchi qadam” loyihasi doirasida) kreditlar ajratiladi;
bank mijozlari bilan uchrashuvlar tashkil etib, muammolarini hal qilish orqali 12,5 mingta yangi ish o’rni yaratiladi.
Bugungi kunda migratsiyada yurgan, xatlov natijasi kam daromad olayotganligi aniqlangan 1 186 nafar fuqarolar qaytarilib, doimiy daromadga ega, kafolatlangan ish o’rni bilan ta'minlanadi.
Bunda ularni bilim va ko’nikmalaridan kelib chiqib, ishlab chiqarish korxonalariga joylashtiriladi. Shuningdek kasb-hunar va tadbirkorlikka o’qitilib, subsidiya hamda imtiyozli kredit mablag’lari hisobidan tadbirkorlikka yo’naltiriladi.
Aholini tomorqadan foydalanish madaniyatini yanada oshirib, mazkur yo’nalishda “Sayxunobod”, “Uychi tajribalari”ni keng joriy etiladi.
Davlatimiz rahbari bergan vazifa va topshiriqlardan tegishli xulosa chiqargan holda, Men o’z komandam va albatta Sizlar bilan birgalikda mazkur vazifalarni to’laqonli bajarishda bor kuch-g’ayratim va shijoatimni sarflayman.
Bunda Allohni o’zi madadkor bo’lsin.