Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

BOLANI TARBIYASIGA OLISH BILAN BOG’LIQ ISHLARNI KO’RISHDA SUDLAR TOMONIDAN NIMALARGA E'TIBOR BERILISHI LOZIM?

×

 2024-06-26 10:19:06    2789

PDF yuklash
Chop etish



Oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir, shaxsning jismonan va ma'naviy rivojlanishi shart-sharoitlari aynan oilada shakllanadi. Shu bilan birga oila bola uchun uning yashashini ta'minlaydigan boshpanadir. Shuning uchun har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish huquqiga ega. Shunga ko’ra, oila qonunchiligining asosiy printsiplaridan biri bu bolani oilada yashash va tarbiyalanish huquqini ta'minlashga qaratilganidir. Bola ota-onasining g’amxo’rligidan foydalanish huquqiga egaligi uning turmushdagi ehtiyojlarini qondirishga asos bo’ladi. Bola ota-onasi bilan birga yashash huquqiga ega.  

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyasiga muvofiq har bir shaxs 18 yoshga to’lgunga qadar bola deb e'tirof etiladi. Konventsiya qoidalari irqi, dini, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi yoki tug’ilgan joyidan qat'i nazar barcha bolalarga nisbatan qo’llaniladi. Konventsiyaning 12-moddasiga ko’ra bolaga tegishli qarorlarni qabul qilishda bola o’z fikrini bildirish huquqiga ega va uning fikrini hisobga olish kerak. Bu bolalar ota-onalariga nima qilish kerakligini aytishlari mumkin degani emas. Konventsiya kattalarni bolalarning fikrlarini tinglashga va ularni qaror qabul qilish jarayoniga jalb qilishga undaydi, lekin bolalarga kattalar ustidan hokimiyat bermaydi. 12-modda ota-onaning majburiyatlari va o’z farzandiga taalluqli masalalar bo’yicha o’z fikrini bildirish huquqiga shubha qilmaydi. Bundan tashqari, Konventsiya bolaning qaror qabul qilishda ishtirok etish darajasi uning rivojlanish darajasi va psixologik yetukligiga mos kelishi kerakligini tan oladi.

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 75-moddasi 5-qismiga ko’ra ota-ona alohida yashaganda bolalarning qayerda yashashi ota-onaning kelishuviga binoan belgilanadi. Ota-ona o’rtasida kelishuv bo’lmasa, nizo sud tomonidan bolalar manfaatlaridan kelib chiqib, ularning fikrini hisobga olgan holda hal etiladi. Bunda sud, bolaning ota-onadan, aka-uka, opa-singillaridan qaysi biriga bog’lanib qolganligini, bolaning yoshini, ota-onasining axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarini, ota-onaning har biri bilan bola o’rtasidagi munosabatlarni, bolani tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining mashg’ulot turi, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshqalar) yaratish imkoniyatini hisobga oladi.

Shuningdek sudlar bolaning fikrini inobatga olish bilan birgalikda bolaning opa-singlisi yoki aka-ukasiga bog’lanib qolganligini tekshirishi, ota-onadan qaysi biri bolani voyaga yetishi uchun malakali va qobiliyatli ekanligiga, bola uchun shu ota yoki ona tomonidan tarbiyalanishi uning manfaatlariga mos kelishini e'tiborga olishi lozim.

Sudlarimiz tomonidan mazkur toifadagi ishlarni ko’rishda haligacha kamchiliklarga yo’l qo’yilayotganligi sababli ularning foydalanishi uchun bolalarni tarbiyasiga olish va ularni yashash joyini belgilash bilan bog’liq nizolarni ko’rishda nimalarga e'tibor berish to’g’risida tavsiyalar va o’quv qo’llanmalari ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bugungi kunda mamlakatimizda bolani tarbiyasiga olish bilan bog’liq nizolarni sudda ko’rishga doir masala yaxlit tarzda mustaqil tadqiqot ob'ekti sifatida o’rganilmagan. Shu sababli mazkur muammoni xalqaro tajriba va milliy qonunlarimiz asosida har tomonlama o’rganish, uni ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq qilish, nizolarni fuqarolik sudlarida ko’rishning moddiy va protsessual-huquqiy xususiyatlarini fuqarolik protsessual huquqi nuqtai nazaridan ochib berilishi taqozo etiladi.    

Farg’ona shahar adliya bo’limi bosh maslahatchisi, 3-darajari yurist I.Raxmonov

 




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram