Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

QUTLOV

×

 2024-06-24 13:24:56    2861

PDF yuklash
Chop etish



Farg’ona shahar 32-umumiy o’rta ta'lim maktabining 11“A”-sinf o’quvchisi Mahmudova Jasmina Roziqjon qizi hamda O’zbekiston Respublikasi “Vatan tayanchi” otryadi terma jamoasining erishgan g’alabalari bilan tabriklaymiz. 


Eslatib o’tamiz, “Aybin - 2024” harbiy-vatanparvarlik yig’inida ishtirok etgan “Vatan tayanchi” jamoasi Rossiya, Ozarboyjon, Qirg’iz, Belarus Respublikalari hamda mezbon davlatning 42 ta jamoalari bilan munosib bellashib, faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritdi.


Farg’ona shahrining farzandi, 2006 yilda tug’ilgan Mahmudova Jasmina Roziqjon qizi bo’lib o’tgan yig’inda muvaffaqiyatli ishtirok etgan “Vatan tayanchi” jamoasi a'zosi sifatida murosasiz baxslarda mardonavor ishtirok etdi.


- Bolalikdan harbiylik kasbiga qizib kelaman. Kelajakda Vatan sha'nini munosib himoya qilish, xalqimga va Prezidentimga sadoqat bilan xizmat qilish bolalik orzuim, - deydi Jasmina Mahmudova.


- Siz kabi Vatanparvar, yurt ishqida yonuvchi sodiq farzandlarimiz – Vatanimiz ertasi, kelajagimiz poydevoridir. Fursatdan foydalanib, Sizdek yetuk farzand tarbiyalagan ota-onangizga va ustozlaringizga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. 


Muvvafaqiyatlaringiz bardavom bo’lsin!


Farg’ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov


Farg’ona shahar hokimligi Axborot xizmati:


Fargona.uz|Telegram (https://t.me/fargonauzpress)|Facebook (https://www.facebook.com/FargonaShaharHokimligi)|Instagram (https://www.instagram.com/invites/contact/?i=tdcj6pr3s6us&utm_content=bl5bx0f)|YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCWcY6Il91iqBL6mYfARYHZQ)|


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram