Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2024-06-20 13:10:13 1192
Internet tarmoqlarida Farg’ona shahridagi qurilish mollari bozori atrofidagi yer uchastkalarini “K-Savdo” elektron platformasiga yashirincha qo’ydirilib yerlar egallanmoqda qabilidagi ma'lumot tarqaldi.
Kadastr agentligi Farg’ona viloyati boshqarmasi Farg’ona shahar bo’limi tomonidan shaharning “Oybek” MFY M.Uzaqov ko’chasida monitoring tadbirlari olib borildi.
Hududdagi yer uchastkasini o’zboshimchalik bilan egallab olgan fuqaro G.A. ga yer qonunbuzilishi bo’yicha tushuntirish olib borib, 15 kun muddatda o’z hisobidan bartaraf etish kerakligi bo’yicha ogohlantirish berilgan.
Belgilangan muddatda ham holat barataf etilmagani bois, O’zbekiston Respublikasi MJTKning 60-moddasi 2-qismi bilan ma'muriy jarima qo’llanilib, noqonuniy qurilmani majburiy tartibda ko’chirish bo’yicha sudga da'vo arizasi kiritilgan.
Hududdagi boshqa yengil tipdagi qurilmalarni o’rnatgan shaxslarni aniqlashtirish maqsadida belgilangan tartibda ichki ishlar organlariga murojaat etilgan.