Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 34 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

FARG’ONA SHAHAR HOKIMINING TABRIGI

×

 2024-06-16 06:11:08    1001

PDF yuklash
Chop etish



Aziz farg’onaliklar, shahrimiz mehmonlari!


Er yuzidagi jamiki islom ummati qatori mehr-muruvvat, ezgulik va saxovat ramzi – muborak Qurbon hayitini katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan siz, azizlarni, barcha yurtimiz musulmonlarini, butun xalqimizni ushbu ulug’ ayyom bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, o’zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan g’oyat mamnunman.


Dillarimiz quvonchga to’lgan mana shunday qutlug’ damlarda avvalo el-yurtimiz bilan birga Qurbon hayitiga tinch-omon yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.


Fursatdan foydalanib, o’zining fidokorona va olijanob mehnati bilan hayotimizni yanada erkin va farovon qilish, inson qadrini ulug’lashdek ezgu ishlarga munosib hissa qo’shayotgan barchalaringizga chin dildan samimiy minnatdorchilik bildiraman.


Siz, azizlarimizni Qurbon hayiti bilan yana bir bor muborakbod etib, bayramni oila, do’stlar va yaqinlar bilan birga fayzli va mazmunli o’tkazishingizni tilayman.


Ilohim, barcha pok niyatlarimiz amalga oshsin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz doimo omon bo’lsin!

Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o’zi qo’llab-quvvatlasin!


Farg’ona shahar hokimi

Vosiljon Nazarov


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram