Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O’TKAZILDI
2024-06-07 12:33:17 1761
Bugun Farg’ona shahar hokimligi majlislar zalida, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi va Respublika bosh prokuraturasi shuningdek Respublika bosh ofisi vakillari boshchiligida tadbirkorlar qabuli tashkil etildi.
Qabulda turli yo’nalishlarda faoliyat olib borayotgan, shuningdek endi faoliyatini boshlash arafasida turgan yosh tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Qabul davomida 40 nafardan ziyod tadbirkorlar faoliyatlarini kengaytirish, rivojlantirish uchun bank krediti olish, sanoat zonasidan yer ajratish, kadastr masalalari, faoliyatni yo’lga qo’yish uchun joy olish tartiblari, Kasanachilikka jalb qilingan nogiron ishchilar uchun subsidiya ajratish kabi turli masalalardagi murojaatlarni o’rtaga tashladilar.
Har bir murojaat tegilshi tashkilotlarning mas'ullari ishtirokida ko’rib chiqilib, qabul davomida hal etilishi mumkin bo’lganlariga amaliy yechimlar belgilandi. Ba'zi murojaatlarni ijobiy hal etilishi uchun qo’shimcha o’rganishlar olib boriladigan bo’ldi.
Shuningdek, qabulda qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo’lmagan murojaatlar bo’yicha tadbirkorlarga tegishli tushuntirishlar berildi.