Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“ONALARGA EHTIROM” TADBIRI YUQORI SAVIYADA NISHONLANDI.
2024-06-05 18:00:15 2031
Farg’ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov shahrimizda istiqomat qilayotgan barcha onalarimizga tabrik yo’lladi.
Tabrik so’zini shahar hokimining birinchi o’rinbosari Boburbek Mo’minov o’qib eshittirdi.
Assalomu alaykum, Hurmatli bayram tadbiri ishtirokchilari, aziz onaxonlar.
Hurmatli opa-singillar !
Inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Onajonlarimiz, munis ayollarimizning beqiyos o’rnini oddiy so’zlar bilan ifoda etish nihoyatda qiyin vazifa.
Shahrimizda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarni umuminsoniy va milliy, oilaviy qadriyatlar, yuksak odob-axloq tamoyillari asosida tarbiyalash bugungi kunning eng muhim masalalaridan biridir.
Ayni vaqtda viloyatimizda xususan, shahrimizda ham xotin-qizlarimiz uchun yanada qulay sharoit yaratish, ularning og’irini yengil qilish, o’z bilim va boy tajribasini, iste'dod va salohiyatini amalda namoyon etishiga keng yo’l ochib berish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz qo’lga kiritayotgan ulkan marralarda – bu qaysi soha, qaysi kasb-hunar bo’lmasin, ularning barchasida ayollarimizning munosib, buyuk hissasi borligini minnatdorlik bilan ta'kidlaymiz.
Bu haqda gapirganda, xotin-qizlarimizning nafaqat kundalik turmushda, balki davlat miqyosidagi eng muhim masalalarni hal qilishda o’rni va roli tobora ortib borayotganini alohida qayd etishni zarur deb bilaman.
Hurmatli bayram tadbiri ishtirokchilari!
Farg’ona viloyati hokimi Hayrullo Bozarov tashabbusi bilan 2021 yil 28 apreldagi “Farg’ona viloyatida “Onalarga ehtirom” festivalini yuqori saviyada tashkil etish va o’tkazish to’g’risida”gi 168-sonli qarori ijrosi doirasida tashkil etiladigan ushbu festival bu yil to’rtinchi marotaba yuqori saviyada o’tkazib kelinmoqda.
Festivalni tashkil etishdan asosiy maqsad dunyo beshigini tebratuvchi, muqaddas onajonlarimizga bo’lgan mehr-muxabbatimizni, hurmatimizni namoyon etish, o’sib kelayotgan yosh avlodni ota-onaga hurmat, farzandlik burchlarini anglatib, onajonlarini e'zozlab, ehtiyotlab hurmat va ehtiromlarini to’liq ado etishga yo’naltirishdan iboratdir.
Aziz onaxonlar!
Qadrli opa singillar!
Festival doirasida turli nominatsiyalar bo’yicha tanlovlar o’tkazilib va ushbu tanlovlarda ko’plab onaxonlar, xotin-qizlar, yuksak o’rinlarga munosib ko’riladi.
Fursatdan foydalanib barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Doimo oilangiz va farzandlaringiz, el-yurtimiz ardog’ida bo’ling!
Hurmat bilan Farg’ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov!!!
Shundan so’ng “Onalarga ehtirom” tadbirining shahar bosqichida e'tirof etilgan mo’tabar onaxonlarimiz shahar hokimligining esdalik va qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandilar.
Tadbir davomida shahar Madaniyat bo’limi ansamli va elimiz suygan san'tkorlar tomonidan ijro etilgan onalarimizni madh etuvchi kuy va qo’shiqlar tadbirga o’zgacha shukuh baxsh etdi.