Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
RASMIY MUNOSABAT
2024-06-04 17:08:29 1658
Ijtimoiy tarmoqda “Qahramon Quranboyov Farg’onagayam bir nazar solib qo’ying” (https://t.me/antikorruz/26459) jumlalari bilan boshlangan xabar tarqaldi. Unda Farg’ona shahridagi “Huvaydo” MFY da O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi PQ-402-sonli qaroriga muvofiq jismoniy shaxslarning turar joylaridan undirilgan soliq tushumining 10% (foizi) mahalla hisobiga hamon tushirib berilmagani keltirilgan
Ushbu holat O’zbekiston mahallalari uyushmasi Farg’ona viloyati boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan joyga chiqib o’rganilgan.
Shuni ma'lum qilamizki, Farg’ona shahar “Huvaydo” MFY ning Farg’ona shahar g’aznachiligida ochilgan hisob raqamiga Davlat soliq inspektsiyasining bergan ma'lumotiga asosan jismoniy shaxslarning turar joylaridan undirilgan soliq tushumining 10% 2024 yil yanvar, fevral, mart, aprel oylarida jami 11 874 133 (o’n bir million sakkiz yuz yetmish to’rt ming bir yuz o’ttiz uch so’m) mablag’lar o’tkazib berilgan.
Hozirgi kunda ushbu mablag’lar “Huvaydo” mahallasining ijtimoiy iqtisodiy muammolarini hal etish jamg’armasi hisob raqamida saqlanmoqda va belgilangan tartibda mahalla fuqarolar yig’ini yettilik a'zolarining kollegial qarori va smetasiga asosan sarflanishi nazarda tutilgan.
Shu o’rinda fuqarolarimizga murojaatlari uchun minnatdorlik bildiramiz hamda Farg’ona shahar hokimligi mamlakatimizda kechayotgan ochiqlik siyosatiga hamohang tarzda faoliyat ko’rsatishini eslatib o’tamiz.
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzatib boring:
Fargona.uz|Telegram (https://t.me/fargonauzpress)|Facebook (https://www.facebook.com/FargonaShaharHokimligi)|Instagram (https://www.instagram.com/invites/contact/?i=tdcj6pr3s6us&utm_content=bl5bx0f)|YouTube (https://youtube.com/channel/UCLRhccmoUTWmdkYE_Vy_lyw)|TikTok (http://tiktok.com/@fargona_axborot_xizmati)|