Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahrida "Turon tabobat markazi" ochildi

×

 2024-02-05 22:12:33    11069

PDF yuklash
Chop etish


Xalq tabobatini rivojlantirish maqsadida 2020 yil 10 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan "O‘zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni qarori qabul qilindi. Unda xalq tabobati aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishning qo‘shimcha usuli sifatida e’tirof etildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan bugun o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham oilaviy shifokorlarga kasalligi yengil bo‘lgan bemorlarni dori bilan emas, immunitetni ko‘taradigan tabiiy vositalar, jismoniy mashq va fitoterapiya bilan davolashni o‘rgatish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.

Yurtimizda tibbiyot va tabobat sohasida olib borilayotgan islohotlarga hissa qo‘shish maqsadida shahrimizda" Turon tabobat markazi" ochildi. Markazning ochilish marosimida shahar hokimining o‘rinbosarlari Yusufjon Yusupov va Dilshodaxon Xolmatova, shahar tibbiyot birlashmasi rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Mehmonlar markazda davolanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, kelgusi faoliyatlariga zafarlar tilandi.

Markazga boy bilim va tajriba olib kelayotgan shifokorimiz Xolida Namazova Turkiyada ta’lim olib va ko‘p yillarini shu mamlakatda xalq tabobatiga bag‘ishlagan. Hozirda Farg‘onaga kelib o‘z tajribasini markaz xodimlariga o‘rgatmoqda. Shuningdek, Turkiyadan yana bir taniqli hamda osteopatiya va xalq tabobati bo‘yicha ixtisoslashgan shifokor Dr.Kerim Yildirim ham keladi.

Tibbiyot markazining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu "olovli terapiya" deb nomlanuvchi xalq tabobati usulidir. An’anaviy davolash usullaridan kelib chiqqan ushbu qadimiy amaliyot keng ko‘lamli sog‘liq muammolarini hal qilishda samarali ekanligini isbotlagan. Markazning ikki nafar xodimi olovli terapiya bo‘yicha chet elda malakalarini oshirib, sertifikatlarga ega bo‘lishdi.
Olov terapiyasi sog‘liq uchun ko‘plab foyda keltiradi. U tanada sovuq va shamolning salbiy ta’sirlari bilan kurashadi va gaymorit, prostatit, bog‘imlarda revmatik og‘riqlar va osteoxondroz kabi suyak bilan bog‘liq kasalliklarni davolashda ta’sirli. 

Muolajalarga qo‘shimcha ravishda biz Turkiya va Xitoydan olib kelingan farmasevtik bo‘lmagan yani tabiiy dori mahsulotlarini ham bemorlarga taklif etiladi. Albatta, aytib o‘tish joizki, Abu Ali ibn Sinoning vatani bo‘lgan O‘zbekistonda o‘sadigan dorivor giyohlardan ham foydalanish va ishlab chiqarish bo‘yicha ham ishlar boshlangan. 

"Turon tabobat markazi" ozarbayjonlik investor Shamsaddin Museyibzodaning Farg‘ona shahridagi xorijiy sarmoyasi samarasidir. O‘zbekistonda uzoq yillardan buyon yashab kelayotgan Shamsaddin Museyibzoda iqtisodiyotning turli jabhalari, jumladan, sog‘liqni saqlash yo‘nalishiga ham sarmoya kiritishda davom etmoqda. 

Ushbu tibbiyot markaziga hozirda 12 nafar xodim ishga qabul qilindi va joriy yilning yakuniga qadar uning sonini 30 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.