Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining oltinchi chaqiriq 102-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
2024-02-02 21:35:26 9898
Unda kun tartibiga kiritilgan masalaga daxldor tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar. Sessiya ishini Farg‘ona shahar hokimi, xalq deputatlari shahar Kengashi raisi Vosiljon Nazarov ochdi va olib bordi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
-Farg‘ona shahar mahalliy byudjetining 2024 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘larini taqsimlanishi to‘g‘risida va 2023 yil 4-choragi davomida Jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlardan g‘oliblarni tanlab olish va «Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi»dan mazkur tadbirlarga mablag‘lar ajratish masalalari yuzasidan (Ma’ruzachi: Farg‘ona shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Shuhratjon Dehqonov)
-Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan shaharda 2023 yil davomida jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan (Ma’ruzachi: Farg‘ona shahar IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari Sanjarbek Otajonov)
-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg‘ona shahridagi Xalq qabulxonasi mudirining 2023 yil davomidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti haqida (Ma’ruzachi: Farg‘ona shahar Xalq qabulxonasi mudiri Tavakkaljon Rahimov)
-Farg‘ona shahar Adliya bo‘limi boshlig‘ining shahardagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti borasida 2023 yil davomida amalga oshirgan ishlari bo‘yicha axboroti to‘g‘risida (Ma’ruzachi: Farg‘ona shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Murodjon Qodiraliyev)
-O‘zbekison Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlari bo‘yicha ahboroti to‘g‘risida (Ma’ruzachi: Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi boshlig‘i Dilshodjon Ismoilov)
Shuningdek, kun tartibida «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi. Farg‘ona shaharda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari tomonidan sektor rahbarlari nomiga hamda sayyor qabullarda moddiy yordam so‘rab murojaatlar qilingan.
Murojaatlardan kelib chiqib, sektor kotiblari tomonidan taqdim qilingan ro‘yxat asosida jami 548 nafar fuqarolarga daslabki xisob-kitoblarga ko‘ra, jami 644 mln. so‘mga yaqin moddiy yordam ajratish rejalashtirilgan.
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so‘ng qaror loyihalari bir ovozdan qabul qilindi.