Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Oliygohning "Qatag‘on qurbonlari" muzeyiga tashrif uyushtirildi

×

 2024-01-17 10:17:24    12685

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbarining 2023 yil 22 dekabr kuni Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy muhitni isloh qilishga alohida e’tibor qaratildi. Shu kunlarda mamlakatimizda amalga oshirilib kelinayotgan islohotlar, tinchlik qadri, bugungi kunga shukronalik, sog‘lom ma’naviy muhitni yaratish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, ayniqsa, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi oshirish borasidagi sa’y-harakatlarni xalqqa  yetkazish maqsadida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy  tadbirlar o‘tkazilmoqda.


Bugun Farg‘ona shahridagi 1- va 6-umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari hamda “Simtepa”, “Ibrat”, “Yoshlar” mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi “Mahalla duv-duv gap” turkum tadbirlari doirasida  Farg‘ona Davlat universitetida joylashgan “Qatag‘on qurbonlari” muzeyga tashrif buyurishdi. 


Tashrif davomida muzey eksponati bilan tanishish jarayonida qatag‘onga uchragan yurtdoshlarimizning ayanchli taqdirlari haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.