Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 62 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Avval xabar berganimizdek, Ishchi guruhi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

×

 2024-01-17 10:15:37    8903

PDF yuklash
Chop etish


Bozor yo‘li, Bozor boshi hamda "Oybek" mahalla fuqarolar yig‘ini Moziy ko‘chasidagi noqonuniy qurilmalarni olish, hududda piyodalar hamda avtomobillar qatnoviga qulayliklar yaratish maqsadida Ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.


Ayni kunga qadar mazkur hududlardagi muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda. Jumladan, Bozor yo‘li ko‘chasidagi piyodalar yo‘lagiga qo‘yilgan konteynerlar olindi. Ulgurji bozor oldidagi piyodalar yo‘lagida yuk tashuvchi transportlarda qilinayotgan savdolarga chek qo‘yildi. Shuningdek, shu hududdagi avtoturargoh xodimlari tomonidan yo‘lning chetigacha qo‘yilgan to‘siqlar olinib, o‘z maydonining belgilangan chegarasidan o‘tmasligi bo‘yicha ham choralar ko‘rildi.


Bozor boshi ko‘chasida ham tadbirkorlar tomonidan noqonuniy tartibda egallab olingan piyodalar yo‘lagini ochish ishlari bajarilmoqda. Mazkur ko‘chada ham noqonuniy tartibda qurilgan yengil tipdagi savdo do‘konlari olindi hamda beton va g‘ishtdan qurilganlarini buzish ishlari bajarilmoqda. 


Ertaga ham Ishchi guruhi mazkur hududlarda faoliyat olib boradi. Amalga oshirilgan ishlar haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.