Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Shahar markazidagi bozorlar atrofidagi noqonuniy qurilmalarni buzish hamda aholi vakillariga qulay shart-sharoitlar yaratish ishlari boshlandi
2024-01-16 13:02:10 11885
Bugun shahar hokimi Vosiljon Nazarov va shahar prokurori Sherzodjon Mavlonov markazdagi Bozor yo‘li, Bozor boshi hamda "Oybek" mahalla fuqarolar yig‘ini Moziy ko‘chasidagi holat bilan yaqindan tanishdilar.
Shu hududlarda yashovchi fuqarolar hamda savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar tomonidan ko‘plab murojaatlar tushgan edi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham fuqarolar yuqoridagi manzillardagi tartibsizliklar haqida haqli e’tirozlar bildirishgan.
Shahar hokimi hududdagi holatni to‘liq o‘rganib, tadbirkorlar va fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rdi. Piyodalar yo‘lagiga qurilgan savdo do‘konlari va naveslarni buzish ishlari boshlandi.
Har bir hududga mas’ullar biriktirilib, savdogarlar va xaridorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, avtomashinalar qatnoviga hamda piyodalar harakatiga halaqit berayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Soha mutaxassislari hamda Ishchi guruhi a’zolariga muammolarni bartaraf etish uchun uch kunlik muddat berildi.
Ishchi guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.