Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash hamda amaliy ko‘mak berishda yangi tizim yaratilmoqda
2024-01-16 12:59:48 4808
Farg‘ona shahar hokimligining majlislar zalida Mahallani qo‘llab-quvvatlash Kengashining tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Shaharda 73 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari bo‘lib, tashkiliy yig‘ilishda mazkur mahallalar raislari, Mahallani qo‘llab-quvvatalash bo‘yicha shahar kengashi a’zolari, hamkor tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishni shahar hokimi Vosiljon Nazarov olib bordi. Tadbirda mahalla instituti nufuzini oshirish, mahallalarni qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirish yo‘nalishida Prezidentimizning tegishli qaror va farmoni hamda topshiriqlari ijrosiga muhim e’tibor qaratildi.
Xususan, mamlakatimizda mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashlari, shuningdek, O‘zbekiston mahallalari Uyushmasi tashkil etilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Farg‘ona viloyati kengashi tashkiliy yig‘ilishida ishtirok etish uchun delegatlarni saylash masalasi ham asosiy kun tartibidan o‘rin oldi.
Ko‘rilgan masalalar yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘ngida yig‘ilishni olib borish bo‘yicha fikr-mulohazalar tinglanib, mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Farg‘ona viloyati Kengashining tashkiliy yig‘ilishida shahrimiz nomidan munosib ishtirok etuvchilarga ishonch bildirildi.