Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 59 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Rasmiy munosabat

×

 2024-01-16 10:20:48    4892

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahridagi "Beglar" mahalla fuqarolar yig‘inida hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar sust bajarilayotgani, aholiga noqulaylik tug‘dirayotgani yuzasidan murojaat tarqaldi. 


Mazkur murojaat Farg‘ona shahar hokimligi mas’ullari hamda masalaga dahldor tashkilotlar mutaxassislari ishtirokida o‘rganilgan. 

Farg‘ona shahridagi 61 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-408-sonli qaroriga asosan keng ko‘lamli ishlar olib borildi.

Xususan, "Beglar" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ham keng ko‘lamli ishlar bajariladi. Hududga 5 kilometr oqova va 600 metr ichimlik suvi tarmog‘i tortish rejalashtirilgan. 

Qurilish tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va aholi vakillarining e’tirozlari hamda murojaatlari bo‘yicha buyurtmachi  "Suv ta’minoti va oqova suv ob’yektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi" UK Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasiga bildirgi yuborilgan. 

Hozirda qurilish-montaj ishlari yakuniy bosqichi bajarilmoqda. Mazkur ishlar bajarilishi natijasida hududdagi xonadonlar toza ichimlik suvi ta’minlanadi. Ushbu mahallaning infratuzilmasini yaxshilash maqsadida qarorga asosan respublika byudjetidan 4 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilgan.