Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIRLAR KO‘TARINKI RUHDA DAVOM ETMOQDA

×

 2024-01-11 10:55:07    3117

PDF yuklash
Chop etish


“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari 1-sektor hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisi uchun o‘tkazildi.   


"Temurbeklar maktabi"da o‘tkazilgan tadbirda nuroniylar, yoshlar, ziyolilar hamda turli soha vakillari ishtirok etdilar. Tadbirda so‘z olganlar Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishidagi ustuvor vazifalar xususida to‘xtalishib, joriy yilning ilk kunlarida o‘ziga xos ko‘tarinki kayfiyat baxsh etayotgan mazkur ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarning mazmun-mohiyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.    

Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlar shahrimiz misolida tadbir ishtirokchilariga hayotiy misollar va dalillar orqali yana bir bor yetkazildi. Farg‘ona shahar madaniyat bo‘limi  san’atkorlari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga manzur bo‘ldi.