Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“Sog‘lom davlat xizmatchisi” shiori ostida davlat fuqarolik xizmatchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
2024-01-11 10:53:15 3162
Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligining Farg‘ona viloyati filiali tashabbusi bilan “Sog‘lom davlat xizmatchisi” shiori ostida davlat fuqarolik xizmatchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish yuzasidan viloyat hokimligining 2024 yanvardagi 02/01-49-sonli yig‘ilish bayoni qabul qilinib, yanvar oyi viloyatda "Sog‘lomlashtirish oyligi" deb e’lon qilindi.
Cog‘liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi barcha boshqarma va tashkilotlar hamda tuman (shahar) hokimliklarda faoliyat yuritayotgan davlat xizmatchilarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlari boshlandi.
Oylik davomida davlat xizmatchilarini 10 dan ortiq birlamchi turdagi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, kasallik aniqlangan xodimlarga davolanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Bugun Farg‘ona shahar hokimligida faoliyat olib borayotgan 40 nafardan ortiq xodimlar tibbiy ko‘rik tashkillandi. Kecha olingan analiz javoblari va tekshiruvlarga ko‘ra, bugun shifokorlar ko‘rigi o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish kafolatlangan.