Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

4-sektor hududida ham “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari o‘tkazildi

×

 2024-01-10 09:16:35    1337

PDF yuklash
Chop etish


Shahrimizda “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida Yangi yil shukuhi bilan uyg‘unlashgan uchrashuvlar, “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘tarinkilik bilan tashkil etilmoqda.


Tadbirlardan ko‘zlangan maqsad – Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini ko‘tarish va daxldorligini oshirishdan iborat.


Navbatdagi tadbir Sharqiy harbiy okrugning Ma’naviyat va ma’rifat maskanida o‘tkazildi. Mazkur tadbirga 4-sektor hududidagi mahallalarida yashovchi fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylar taklif etildi.


Madaniy-ma’rifiy kechada ma’naviyat targ‘ibotchilari, ijodkorlar, san’atkorlar, taniqli olimlar, shoir va yozuvchilar, madaniyat va san’at namoyandalari Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishidagi ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritdilar. Shundan so‘ng, shahar madaniyat bo‘limi xodimlari va estrada xonandalari tomonidan tayyorlangan madaniy dastur namoyish etildi. 


“Mutolaa” va “Besh muhim tashabbus” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha ham ma’naviy-ma’rifiy loyihalar tashkil etildi. “Armiya – vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostida o‘tkazilgan harbiy ko‘rgazma yoshlarda katta taassurot qoldirdi.