Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahridagi 16 ta maktabda o‘quv-amaliy seminarlar bo‘lib o‘tdi
2024-01-08 09:20:56 1203
Bugun Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi va viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi hamkorligida Farg‘ona shahridagi 16ta maktabda barcha fanlar yo‘nalishi bo‘yicha “Najot — ta’limda, najot — tarbiyada, najot — bilimda!” shiori ostida o‘quv-amaliy seminarlar bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, 2-maktabda viloyatdagi ona tili va o‘zbek tili o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan seminar yangi darsliklardagi grammatik mavzularni tushuntirishda mavjud muammolarni bartaraf etish metodikalari, o‘qish savodxonligi va ona tili fanlari doirasida 4K modelini qo‘llash, o‘quvchilarda XXI asr ko‘nikmalarini shakllantirish, loyihaga asoslangan ta’lim, mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar asosida o‘tdi.
Unda ishtirokchilar tajribali ustoz-trenerlar tomonidan yangi texnologiyalar haqida berilgan ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.