Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahrida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda

×

 2024-01-05 09:42:04    1900

PDF yuklash
Chop etish


Shahrimizda ham “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida Yangi yil shukuhi bilan uyg‘unlashgan uchrashuvlar, “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘tarinkilik bilan tashkil etilmoqda.


Tadbirlardan ko‘zlangan maqsad – Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini ko‘tarish va daxldorligini oshirishdan iborat.


4-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida ana shunday tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirga Sohibqiron Temur, Yoshlar va Ibrat mahallalarida yashovchi fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylar taklif etildi.


Madaniy-ma’rifiy kechada ma’naviyat targ‘ibotchilari, ijodkorlar, san’atkorlar, taniqli olimlar, shoir va yozuvchilar, madaniyat va san’at namoyandalari Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishidagi ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng, shahar madaniyat bo‘limi xodimlari va estrada xonandalari tomonidan tayyorlangan madaniy dastur namoyish etildi. 


“Mahallada duv-duv gap” loyihasi 5 ta yo‘nalishda tashkil etilib, barcha mahallalar to‘liq qamrab olinishi belgilangan. Tadbirlar doirasida teatrlar, muzeylar, saylgohlar, diqqatga sazovor joylarga tashriflar uyushtiriladi. Mahallalarda, ta’lim muassasalarida kitob yarmarkalari, kitobxonlik va adabiy kechalar, “Zakovat”, “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa” va “Besh muhim tashabbus” kabi ma’naviy-ma’rifiy va sport loyihalari tashkil etiladi. “Armiya – vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostida tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.


Bugun 26-maktabda ham "Al-Xorazmiy" va "Abdurahmon Jomiy" mahallalari aholisi uchun ham “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.