Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Farg‘ona shahrida noqonuniy tartibda ishdan bo‘shatilgan fuqarolarning o‘z vazifalariga tiklanishi ta’minlangan
2024-01-04 09:20:31 1867
Inson huquqlari – har bir alohida shaxsning qadr-qimmati va erkinliklari himoya qilinishini ta’minlaydigan qoidalar majmuasidir. Ular huquqiy davlat konstitutsiyaviy huquqining negizini tashkil etib, shaxsning huquqiy maqomi asosini va asosiy huquqlarini mujassamlashtiradi.
Jumladan, g‘ayriqonuniy harakat (harakatsizlik) tufayli fuqaroga yetkazilgan ma’naviy zararning o‘rnini pul shaklida qoplash, huquqlarni himoya qilishning eng muhim fuqarolik-huquqiy vositasi hisoblanadi., inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi doirasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash borasida Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan ham maqsadli choralar amalga oshirilmoqda.
Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituviga ishga tiklash bilan bog‘liq jami 24 ta ijro ishlari 01.01.2023 yil holatiga qoldiqda o‘tgan va 2023 yilning 11 oyi davomida jami 55 ta ijro hujjati kelib tushgan bo‘lib, jami 79 ta ijro ishi mavjud bo‘lgan.
2023 yilning o‘tgan 11 oyi davomida jami 76 ta ijro hujjati yuzasidan yuritilgan ijro ishlari tamomlangan bo‘lib, buning 40 tasining ijrosi amalda ta’minlangan, ya’ni sud qarori asosida noqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan xodimlar ishga tiklanishi ta’minlangan bo‘lib, 1 ta ijro hujjati sudning xatiga asosan qaytarilgan, sudning qarori bekor qilinganligi sababli, 2 ta ijro ishi tugatilgan, 3 tasi undiruvchining arizasi asosida ijrosiz qaytarilgan va 31 ta ijro hujjati ijro qilishlik uchun xudud bo‘yicha tegishli Byuro organi bo‘limiga yuborilgan.
Jumladan, Farg‘ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasiga 8 nafar, Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasiga 7 nafar, Farg‘ona viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga 7 nafar noqonuniy tartibda ishdan bo‘shatilgan fuqarolar o‘z vazifalariga tiklanishi ta’minlangan.
Shuningdek, Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituviga o‘z vaqtida to‘lanmagan ish haqi qarzdorligini undirish bilan bog‘liq jami 71,9 mln. so‘mlik 6 ta ijro ishlari 01.01.2023 yil holatiga qoldiqda o‘tgan va 2023 yilning 11 oyi davomida jami 716,9 mln. so‘mlik 28 ta ijro hujjati kelib tushgan bo‘lib, jami 788,9 mln. so‘mlik 34 ta ijro ishi mavjud bo‘lgan.
2023 yilning o‘tgan 11 oyi davomida jami 788,9 mln. so‘mlik 34 ta ijro hujjati yuzasidan yuritilgan ijro ishlari tamomlangan bo‘lib, buning 522,2 mln so‘mlik 24 tasining ijrosi amalda ta’minlangan, ya’ni sud qarori asosida ish haqi undirilishi ta’minlangan bo‘lib, sudning qarori bekor qilinganligi sababli, 33,3 mln. so‘mlik 1 ta ijro ishi tugatilgan, 233,4 mln so‘mlik 9 tasi undiruvchining arizasi asosida ijrosiz qaytarilgan.
Jumladan, Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasidan 302 mln. so‘m, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasidan 44,5 mln. so‘m, Farg‘ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasidan 35,5 mln. so‘m o‘z vaqtida to‘lanmagan ish haqi qarzdorliklari undirilishi ta’minlangan.
Hozirda, MIB Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan bunday ishlar davom ettirilmoqda.
Dilshodjon Ismoilov, Farg‘ona shahar bo‘limi boshlig‘i.