Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

YANGI YIL BAYRAMI SHUKUHI DAVOM ETMOQDA

×

 2023-12-28 09:52:35    2535

PDF yuklash
Chop etish


Yangi yil bayrami shodiyonalari shahrimizdagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda. Qorbobo va Qorqiz hamda ertak qahramonlarining ishtiroki bolajonlarda katta taassurot qoldirmoqda. 

Farg‘ona shahridagi 41-maktabda barcha guruhlar uchun yangi yil bayrami bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tarbiyalanuvchilar tomonidan she’r va qo‘shiqlar aytildi. Raqslar ijro etildi.

Barcha sinflarda "Kamalakda Yangi yil" loyihasi asosida o‘quvchilar uchun "Shapito" sirk-teatr guruhi bilan hamkorlikda teatrlashtirilgan yangi yil tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda maktabning 1-7 sinflarining ming nafarga yaqin o‘quvchilari ishtirok etdi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan chiroyli kuy-qo‘shiqlar va raqslar teatr artistlari bilan birgalikda ijro etildi. 

Bundan tashqari o‘quvchilar sevib tomosha qiladigan multfilm qahramonlarini chiqishlari barchani xursand qildi. Ushbu tadbirni tashkillashda maktab sardorlari faol ishtirok etdilar.

Barcha tarbiyalanuvchilarga Qorbobo va Qorqiz tomonidan Yangi yil sovg‘alari ulashildi. Shahrimizdagi ta’lim muassasalarida Yangi yil bayrami shodiyonalari davom etmoqda.