Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Xotin-qizlar o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish va mahallalarni jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish dolzarb masala

×

 2023-12-13 14:26:43    2407

PDF yuklash
Chop etish


Bosh Vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova Farg‘ona shahridagi "Mash’al" mahalla fuqarolar yig‘inida ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 


Bosh Vazir o‘rinbosari, viloyat va shahar hokimliklari vakillari "Mash’al" mahallasida bo‘lishdi. Mehmonlar mahalla hududidagi ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismida tashkil etilgan Mikroorganik o‘simliklarni yetishtirish kooperatsiyasi faoliyatini ko‘zdan kechirdilar.


Tadbirkor Tohirjon Abdusamatov tashabbusi bilan 2002 yilda ish boshlagan ushbu kooperatsiyaga joriy yil fevral oyida viloyat hokimining ilk tashrifidan hududdagi ko‘p qavatli uylar so‘ng ushbu tadbirkorlik sub’yektiga yerto‘lalardan samarali foydalanish orqali aholini ish bilan ta’minlashga qaratilgan loyihani amalga oshirish uchun boshqaruv servis kompaniyasi shaklida biriktirib berilgandi. 


Hozirda 25 nafar mahallada yashovchilar, shu jumladan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar serdaromad ish bilan ta’minlangan. Kompaniya hozirda “20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida yangi ish o‘rinlarini yaratish ustida ish olib bormoqda.
Tashrif davomida mas’ullarga mazkur mahalla misolida boshqa hududlarda ham "Xotin-qizlar o‘rtasida ishsizlik va jinoyatchilikdan holi hudud" dasturini ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha bir qator ko‘rsatmalar berib o‘tdi. Shuningdek, shahrimizda jinoyatchilik va ajrimlarning oldini olish, oilaviy nizolarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ham muhokama etildi. Ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda kamchiliklar ham ko‘rsatib o‘tildi.


Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda Farg‘ona shahrini jinoyatchilik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish borasida hamkorlikdagi vazifalar belgilab olindi.