Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
MEROS
MADANIY MEROS
Farg'ona viloyat hokimligi

Farg‘ona shahrida Yoshlar saylgohi tashkil etildi

×

 2023-12-13 14:20:24    1817

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan Farg‘ona shahrining Kashtanzor ko‘chasida tashkil etilgan Yoshlar saylgohida bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.


Davlatimiz rahbarining yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi ko‘rsatmalari ijrosi doirasida tashkil etilgan ushbu saylgoh, “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyiha orqali ajratilgan 1,32 milliard so‘m mablag‘, shuningdek, 500 million so‘m homiylik mablag‘lari hisobiga barpo etildi.


Saylgohda gullar bilan bezalgan arkalar, tungi yoritish chiroqlari mavjud bo‘lib, yoshlar uchun kafe, kinoteatr, restoran hamda “book-cafe”lar, shaxmat, stol tennisi, PlayStation o‘yinlari hamda karaoke hududlari, fotozonalar tashkil etildi.


Viloyat hokimi saylgohda yoshlar bilan suhbatlashdi, yigit-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yosh tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning loyihalari bilan tanishdi. Viloyat rahbari shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 17 nafar yoshlarga subsidiya asosida pishiriq pechlari, tikuv mashinalari, sartaroshlik mebellari kabi mehnat qurollarini topshirdi.